HTML bilan tanishuv
_____________________
Internet tarmog`i gipermatn hujjatlarga asoslangan  gigant ma`lumotlar to`plamini o`z ichiga oladi. Har qanday gipermatn hujjat ANSI ASCII formatidagi oddiy fayldir. Bu fayllar o`z ichiga matn va uning o`lchami uchun teglar, boshqa shunday hujjatlar uchun murojaatlar, grafik tasvirlar va har qanday boshqa fayllar ko`rinishida bo`lishi mumkin. Gipermatnni ko`rish uchun brouzer yuklanadi, barcha fayllar brouzerda  maxsus HTML(Hyper Text MarkUp Language- Gipermatn o`lchamlarini o`rnatish tili) tili bilan birgalikda qayta ishlanadi.
	HTML tili tarixidan ba`zi ma`lumotlar. HTML tili ishlab chiqaruvchilari 
uning bir nechta versiyalarini ishlab chiqardilar. 1.0 va 2.0 versiyalar  chiqarilgandan so`ng 1995 yilda 3.0 versiyaning qoralama varianti tayyorlandi. Bu 2.0 versiyaga anchagina qoshimchalar qoshilgan versiya edi. Asosiy brouzer ishlab chiqaruvchilar( Netscape va Microsoft kompaniyalari )i o`zlarining maxsus HTML kengaytmalarini ishlab chiqdilar, bu kengaytmalar bir biriga  tushmas edi. Hozirga vaqtda Netscape Novigator ning 6.0 va Microsoft Internet Explorer ning 5.5 versiyalar deyarli bir xil bo`lib, kengaytmalri orasida deyarli tafovut yo`q.
	Muvaffaqiyatsiz bo`lgan HTML ning 3.0 versiyasi 3.2 versiyaga almashtirildi. Bu versiyasni ishlab ciqarishda Netscape Communications Corporation, Microsoft , IBM, Novell, SoftQuad, Sun Microsystem va Spyglass kompaniyalari ishtirok etdilar.
  Hozirga kunda HTML ning  yana bir 4.0 versiyasi ishlab chiqarilgan bo`lib o`zida ko`plab foydali kengaytmalarga ega.
 Shuni ta`kidlash kerakki HTML tili hech qanday dasturlash tili emasdir. HTML- bu o`lchamlarni tipik tili, uning yordami bilan hujjatlarni 
bezash , murojaatlar hosil qilish mumkin lekin dastur tuziah emas. Hatto Web sahifalarda ko`radiganimiz maxsus harkatlar(effektlar)ni ham HTML da tuzilmaydi, bunday harakatlar qo`shimcha vositalar ,masalan JavaScript tilida tuziladi.

<b>matn</b>
<B> Qo`yiq matn</B><I>Qiyshiq matn</I>
<U>Tagiga chizilgan matn</u>
<STRIKE> Chizilgan matn</STRIKE>
<BIG>Kattalashtirilgan matn</BIG>
<SMALL>KIchiklashtirilgan matn</SMALL>