Internetni halokat kutmoqda
_____________________
Bu haqda so'nggi vaqtda Amerika internet-raqamlar byurosi rahbari J jon Karren va Butun dunyo o'rg'imchak to'ri yaratuvchilaridan biri Vint Syorf juda tez-tez gapirishmoqda. Ular Internetning asosan 1980 yilda ishlab chiqilgan to'rtinchi, 32 bitli internet-protokoli (IPv4) asosida qurilganligini ta'kidlashmoqda. 
Buning sabablari oydin. Birinchidan, foydalanuvchilar Tarmoqqa har biriga alohida o'z IP-manzili beriladigan bir necha qurilmalar yordamida chiqishadigan bo'lishdi. Va bundan buyon vaqt o'tgan sayin bu kabi qurilmalar shuncha ko'p paydo bo'lishadi. Ikkinchidan, mobil internetning soddalashuvi va arzonlashuvi komyuter uchun endi pul to'plash shart bo'lmay qolgan rivojlangan mamlakatlarda foydalanuvchilar sonining keskin oshishiga olib keldi. Ikkinchidan, "Narsalar uchun internet" - elektr tarmoqlari, turli-tuman datchiklar, muzlatgichlar va h.k soni oshib boryapti. 
Bugun Yer yuzidagi har bir kishiga to'rt milliard manzil bera oladigan oltinchi, 128 bitli versiyaga o'tishga zaruriyat tug'ildi. Yevropada va ayniqsa Osiyoda bir qancha hukumat va tijorat tuzilmalari yangi protokolga o'tishdi, ammo umumiy tan olinishdan u hali ancha yiroq. Qat'iy migratsiya uchun nafaqat bir qancha narsalarni yangilash zarur (brandmauzerlardan modemlargacha), ammo birinchi navbatda ikkala tizimni ham quvvatlash lozim, dunyo hali iqtisodiy inqirozdan o'ziga kelmagan hozirgi paytda esa bu juda ham xarajat talab etadi. 
