Domen va IP manzillari haqida
_____________________
Domenlar
Kompyuter domen manzilining namunaviy ko`rinishi quyidagicha:
uzmob.uz
Namunadan ko`rinib turibdiki, kompyuter manzili bir necha qismlardan iborat. O`ng tomondan manzilning birinchi qismi (namunada uz) domenning birinchi sathi deb qabul qilinadi, keyingisi (namunada uzmob) ikkinchi sathi va hokazo.
Internetda manzillar ko`p qavatli domen tizimiga qurilgan. Birinchi sath, umumjahon mavzular yoki geografik joylar boyicha nomlanadi.
Masalan: mavzular bo`yicha bo`lingan domenlar quyidagicha:
* com (commercial) tijorat tashkilotlar;
* org (organization) notijorat tashkilotlar;
* edu (educational) ta`lim tashkilotlari;
* mil (military) harbiy tashkilotlar;
* gov (goverment) davlat boshqaruv tashkilotlari;
* net (network) tarmoqlar.
Geografik domenlar odatda ikki harfdan iborat:
* ru Rossiya;
* ua Ukraina;
* uz O`zbekiston;
* ca Kanada;
* us AQSH.
va hokazo.

Tarmoqdagi IP-manzillar.

Domenli manzillar foydalanuvchilarga qulay bo`lishi uchun ixtiro qilingan. Aslida, kompyuterlar o`zaro IP-manzillar bilan ishlashadi. IP-manzil aynan o`sha domen manzilini o`zi, faqat raqamlar yordamida aks ettirilgan ko`rinishi. IP-manzil namunasi: 213.180.199.11 ga o`xshash bo`ladi. Demak bunday manzil to`rtta raqamdan iborat bo`lib, ular 1 dan 254 gacha bo`lishi mumkin (0 va 255 tarmoq xizmatlari uchun saqlab qo`yilgan). Butun jahon tarmog`ida IP-manzili bo`yicha domen manzilini aniqlash uchun domen nomlarining xizmati Domain Name Service (DNS) mavjud. DNS serverlari kerakli manzillarni topish uchun maxsus moslashtiruvchi jadvallar yuritishadi. Bu jadvallarda IP-manzilga mos domen manzil saqlanadi.
IP-manzilni domen manzilga o`xshab brauzer oynasiga kiritsa, brauzer kerakli sahifani topib, yuklaydi. Ixtiyoriy kompyuterning IP-manzilini topish uchun Windowsning buyruqlar satrini ishga tushurib, masalan, quyidagicha topshiriqni kiritsa:
ping www.yandex.ru
ekranga chiqqan natijada IP-manzilini ko`rish mumkin:
www.yandex.ru [213.180.216.200]…
213.180.216.200 raqamlar yandex.ru serverini IP-manzili bo`ladi.
IP-manzillar ikki xil bo`lishi mumkin: dinamik (o`zgaruvchan) va statik (o`zgarmas). Oddiy foydalanuvchilarga o`zgaruvchan IP-manzillar beriladi. Ular Internetga ulanishganda provayder o`zining sotib olgan IP-manzillarini tejab ishlatish maqsadida foydalanuvchiga bo`sh IP-manzilini taqdim etadi. Boshqa safar foydalanuvchi Internetga ulanganda, provayderning IP-manzillar to`plamidan yana bo`sh IP-manzili taqdim etiladi va bu avvalgi olgan IP-manzilidan ko`ra boshqacha bo`lishi muqarrar. Statik IP-manzilni ishlatish uchun uni sotib olish kerak. Bu holda kompyuter tarmoqqa ulanganda doimiy, o`zgarmas manzilga ega bo`ladi. Bunday IP-manzillar web sayt yoki web server yaratuvchilar uchun kerak bo`ladi.
SU domeni - SOVIET UNION dan olingan bo'lib, sobiq sovet davlati domeni hisoblanadi.
