Jadval tuzish 2(qo`shimcha)

" table header- jadval bosh qismi" hisoblanadi quyidagi jadvalimizda

sifatida vaqt va hafta kunlari ro'l o'ynaydi. Har bir

ichidagi mao'lumot bitta katak ichidagi ma'lumot hisoblanadi va har bir qator yoki ustun uchun alohida - alohida ishlatilinadi.
asosan jadvalimizning ustulari va qatorlari uchun sarlavha sifatida ishlatishga kerak bo'ladi va default sifatida o'zi katak markazida keladi. Ba'zi jadvallar uchun
umuman kerak bo'lmasligi ham mumkin, ba'zi jadvallar uchun <ht> faqat ustunlar uchun ishlatilishi ham mumkin, yoki faqat qatorlar uchun
kerak bo'lishi mumkin. Lekin quidagi jadvalimizda qatorlar uchun vaqatlar
vazifasini o'tayapti, ustunlar uchun esa hafta kunlari. Quyidagi har bir attribute qoidasi va tushuntirilishlari faqat bitta sarlavha

uchun o'rinlidir.

align="center" - default sifatida o'zi markazda joylashgan bo'ladi, agar umumiy qator
yordamida chap yoki o'ng tarafga yopishgan holatda bo'lsa, aynan biron
ni markazlash niyatingiz bo'lsa unda bu attibute muhimdir. Quyidagi jadvalda ustun sarlavhalari chapga yopishgan holatidan aynan Dushanbani markzlashtirdim, chunki
ning align="left" attributidan
ning attributi bitta katak uchun ustunroqdir.
HTML kodi:

Dushanba

Seshanba

align="left" - Agar biron bir muayyan sarlavhani faqat bir o'zini chap tarafga yopishgan holatda kelishini hohlasangiz, faqat o'sha sarlavha kelgan katak
ini align="left" qilishingiz mumkin. Agarda hamma
larni chap tarafga yopishgan holatida kelishini hohlasangiz, o'sha hamma
larga birma bir align="left" deb yozib chiqishingizga to'g'ri keladi.
ga align="left" qilsangiz o'sha qatordagi
bo'lmagan ma'lumotlarni ham chapga yopishtirib qo'yadi. Quyidagi jadvaldan men faqat ikkinchi qatorning sarlavhasi (8:00-9:30) ni chap tarafga qilib oldim.
HTML kodi:

8:00-9:30

Tarih

Ingiliz tili

align="right" - Agar biron bir muayyan sarlavhani faqat bir o'zini o'ng tarafga yopishgan holatda kelishini hohlasangiz, faqat o'sha sarlavha kelgan katak
ini align="right" qilishingiz mumkin. Agarda hamma
larni o'ng tarafga yopishgan holatida kelishini hohlasangiz, o'sha hamma
larga birma bir align="right" deb yozib chiqishingizga to'g'ri keladi.
ga align="right" qilsangiz o'sha qatordagi
bo'lmagan ma'lumotlarni ham o'ngga yopishtirib qo'yadi. Quyidagi jadvaldan men faqat uchunchi usunning sarlavhasi (Seshanba) ni o'ng tarafga qilib oldim.
HTML kodi:

Dushanba

Seshanba

background=" " - bu attribute bizga ihtiyoriy sarlavhaning orqasiga rasm tushirish imkoniyatini beradi, agar hamma sarlavha ortida fo sifatida rasm bo'lishini hohlasangiz shu attributeni har bir
ichiga yozib chiqishingizga to'g'ri keladi. Men quyidagi misolda 10:00-11:30 turgan katakga rasm yukladim. (.... ga hozircha e'tibor bermang bu tag rang uchun ishlatildi orqa fondan ajralib turishi uchun bu mavzuga ham hali kelamiz Hudo Hohlasa.)
HTML kodi:

10:00-11:30

bgcolor=" " - bu attribute bizga ihtiyoriy sarlavhamizning orqasiga katakni to'ldirib rang tallash imkonini beradi, agar bir hil rang har bir sarlavhada bo'lishini hohlasangiz har bir sarlavhaga yozib chiqishingizga to'g'ri keladi, aks holda
bo'lmagan ma'lumotlarni ham kataklarini bo'yab qo'yishingiz mumkin. Men quyida har bir vaqtning ostini birma bir qora rangga to'ldirib chiqdim, ixtiyoriy rag tanlashingiz mumkin.
HTML kodi:

8:00-9:30

10:00-11:30

12:00-13:30

bordercolor=" " - bizning hozirgi mavzuimiz
(table header) bo'lgani uchun keladign hamma attributelar uni ichida kelishi kerak, shunday ekan bitta <ht> faqat bitta sarlavha ya'ni bitta kattakka tegishlidir shuning uchun bu attribute yordamida istagan
izi chiziqlarini hohlagan rangizga o'zgartirishingiz mumkindir. Men hamma
ni har hil rangda belgiliman.
HTML kodi:

Dushanba

Seshanba

8:00-9:30

10:00-11:30

12:00-13:30

colspan=" " - Jadvalda ma'lum bir ikkita yoki undan ko'p ustunlarni birlashtirish uchun ishlatiladi.Quyidagi jadvalimizda ustun va qatorlar bo'yicha birinchi katagimizga hech narsa yozilmagan, lekin bitta
sarlavha sifatida jadvalimizda ham HTML kodimizda ham joy egallayapti. Jadvalda ko'rinmagani bilan bu katakni jadval sifatida ko'rinishi uchun HTML kodiga & nbsp; kiriltilgandir (belgilar haqida kelgusi darslarda) bu belgi "bo'sh joy" deganidir, agar u belgini kiritmasak jadvalimizda bu katak olib tashlanadi. Lekin bu katakni yoki 8:00-9:30 ga yoki bo'lmasam Dushanba kataklaridan biriga qo'shib tashlashimiz ham mumkin, uning uchun hozircha c) da Dushanba katagiga qo'shishni ko'ramiz quyiroq (rowspan=" ") da 8:00-9:30 ga qo'shishni ko'ramiz. colspan=" " kataklarni gorizontalni qo'shishdir (rowspan esa vertikalni), uning uchun bo'sh katakni umuman HTML kodini o'chirib tashlashimiz kerak bo'ladi. colspan="2" degani ikkita katakni birlashtir deganidir, bu attribute ishlatiladigan katakning o'ng va chap tarafida ham bo'sh katak bo'lsa qay birini HTML kodi olib tashlansa o'sha katakni o'ziga qo'shib oladi, agarda ikkala katakni ham o'ziga qo'shib olishini hohlasangiz u holda ikkalasini ham HTML kodini o'chirib tashlab colspan="3" ishlatasiz, chunki uchta katak birlashishi kerakdir. O'ng yoki chap tarafida nechta katak kelishidan qatiy nazar kataklarni HTML kodlarini umuman o'chirib tashlab colspan=" " qiymati sifatida hohlagan sonilarni ishlatasizlar.
a) HTML kodi & nbsp; belgisi bilan:

yana misol:

Dushanba

Seshanba

height=" " - Bitta katak uchun ishlatilinsa ham o'sha qatorning balandligiga ta'sir qiladi.
HTML kodi:

Dushanba

Seshanba

rowspan=" " Jadvalda ma'lum bir ikkita yoki undan ko'p qatorlarni birlashtirish uchun ishlatiladi. Bu qoida faqat pastgi katakni birlashtirish uchun ishlatiladi, yuqori katakni HTML kodini olib tashlasangiz ham rowspan yuroqi katakni o'ziga birlashtirmidi, shuning uchun eng yaxshisi yuqoridagi katakga kerakli qiymatimizni yozib olib squyi qismdagi kataklarni HTML kodlarini o'chirib keyin o'sha yuqori qismdagi katak ning
tagi ichiga rowspan=" " attribtini ishlatishimiz kerak bo'ladi. Uning uchun bo'sh katakning umuman HTML kodi o'chirib tashlashga to'g'i keladi. Quyida 8:00-9:30 ni yuqorisidagi bo'sh
ga ko'chirib uning o'rnini HTML kodini umuman o'chirib tashlanildi va keyin rowspan=" " ishlatilindi (jadvalni asl oldingi HTML kodi bilan quyidagi HTML kodni solishtiring).
HTML kodi:

8:00-9:30

Dushanba

Seshanba

Tarih

Ingiliz tili

scope=" " -
tagi ichida keladigan scope="col" yoki scope="row"

orasida keladigan so'z yoki jumlamiz mos ravishda ustun yoki qator ning sarlavhasi vazifasini o'tashini bildiradi.

title=" " - qaysi
ichiga bu attribute yozilsa o'sha
bu tagning qiymatini sichqonchani ko'rsatkichini
ga olib borganda ko'rsatkich oldida yozilib turadi.
HTML kodi:

12:00-13:30

Ona-Tili

Geometriya