JAVA appletlar
_____________________
Qisqa qilib aytganda JAVA bu ko`pgina zamonaviy programmalashtirish tillari bilan raqobatlasha oladigan programmalashtirish tilidir. Uning boshqa programmalashtirish tillaridan farqi u bevosita Internet bilan ishlaydigan dasturlar yaratishga mo`ljallangan. U ayniqsa tarmoqlararo ishlaydigan programmalar yaratuvchilar orasida ayniqsa ommaviylashgan. 
JAVA dasturlarining ko`p qismini kichkinagina tarmoqlararo ishlaydigan programmalardir. Ularning kichik o`lchamlari Internet bilan ishlashni optimallashtirishga mo`ljallangan. Ya'ni qancha kam hajmli ma'lumot uzatilsa, saytni, programmani yoki rasmlarni  yuklash uchun shuncha kam vaqt ketadi. Shu tariqa appletlar hosil bo`ladi. Bu programmalashtitirsh tilida ixtiyoriy programmalarni tuzish mumkin. JAVA dasturi yaratuvchisi Sun kompaniyasining saytidan ba'zi bir appletlarni olish mumkin: http://www.sun.com . 
Internetdan ko`plab appletlarni bepul olish mumkin:
http://www.yahoo.com/Computers_and_Internet/Programming_Languages/Java/Applets
http://java.sun.com/openstudio/          va xokazo.
Mana appletlarni web-sahifaga yuklash misoli:
<object codetype= application/java
classid= java:myapplet.class standby=  width= 400 height=350>
</object>
Bu yerdagi myapplet.class yuklanayotgan appletning nomi va u web-sahifa yuklanayotgan katalogda joylashgan. Bundan tashqari appletning to`liq URL adresini ifodalovchi codebase atributini ham ishlatish mumkin:
<object codetype= application/java codebase= http://www.jdpi.uz/applets/
classid= java:myapplet.class standby= width= 400 height=350>
</object>
Agar brauzer appletlar bilan ishlay olsa (hamma abauzerlar ham appletlar bilan ishlash imkoniyatiga ega emas) boshqa elementlar kabi appletlar ekranga chiqadi va o`z vazifasini bajaradi.
