Jerri Yang: Yahoo!
Kompaniyasi asoschisi
______________________________
Jerri Yang (Jerry Yang)
1968 yil noyabrida Taybey
shahrida xitoylik
qochqinlar oilasida
dunyoga keldi. Ikki yoshida
Jerri otasidan ajraladi,
1968 yili esa oila AQShga
ko'chib o'tadi. 1990 yili
Yang Stendford
universitetini
elektrotexnika
mutaxassisligi bo'yicha
tugallaydi va
doktoranturaga kirishga
qaror qiladi. O'qish
davrida kutubxonada
ishlaydi, buyurtma
bo'yicha saytlar
tayyorlaydi, shuningdek
o'quvchilar so'rovi bo'yicha
adabiyotlar ro'yxatini tuzib
chiqish bilan
shug'ullanadi.
Dissertatsiya yozish bilan
bir qatorda, Jerri Yang
o'zining o'rtog'i Devid Filo
(David Filo) bilan
Internetga qiziqishadi.
1994 yil boshida Filo va
Yang o'zlarining
hamkorlikdagi loyihalari
"Jerri va Devidning Butun
dunyo O'rgimchak
to'ridagi yo'l
boshlovchisi"deb atalgan
mahsulotini chiqarishadiki,
u bir muncha vaqtdan
so'ng Yahoo! nomini oladi.
Yahoo! ni ishlab
chiqarishga sabab o'sha
paytda tarmoqda kiritilgan
axborotni tanlash va izlash
muammosi bo'lgan edi.
Boshida portal va yangi
qidiruv tizimining ofisi va
data-markazi Yang va Filo
nafaqat ishlashgan, balki
yashashgan avtotirkama-
treyler bo'ldi. Yahoo!
foydalanuvchilari soni
oshib borishi bilan
universitet tarmoq
uskunasida zo'riqish oshib
bordi. Stendford
universiteti ma'muriyati
yuz berayotgan
narsalardan norozilikni
namoyon qila boshladi va
bu yosh yigitlarni faol
harakat qilishga undadi.
1995 yil martida do'stlar
uskunalarini Mauntin -
Vyuga olib o'tishadi va o'z
bizneslarini boshlashadi.
Yosh tadbirkorlar
moliyaviy yordamni
sarmoya shaklida Sequoia
Capital kompaniyasidan
olishadi va Netscape
kompaniyasi Yang va Filoni
kompyuter uskunasi va
internet bilan ta'minlaydi.
Yahoo! Inc kompaniyasi
1995 yili ro'yxatdan o'tadi.
Sekin-asta Yahoo!
sarmoyadorlari doirasi
kengayadiki, bu birjada
yangi kompaniya
aktsiyalarining oshishiga
sabab bo'ladi. Kompaniya
o'z xizmatlari turlarini
kengaytiradi. Turli
loyihalar, elektron pochta,
sport yangiliklar tasmasi,
Yahoo! Games o'yin
portali, Yahoo! Messenger
lahzalik xabarlar yuborish
tizimi, audio-, foto- va
videoservislar, Yahoo!
elektron atlasi va boshqa
ko'plab yangiliklar ishga
tushiriladi. 1998 yildan
kompaniya rahbariyati
tomonidan tayyor ishlab
chiqilgan mahsulotlar
sotib olindi va bulardan
hozir ham muvaffaqiyatli
foydalanib kelinmoqda.
Ular orasida GeoCities,
Overture, Kelkoo, WebCal,
Launch Media bor. Yahoo!
portalining asosiy ixtisosi -
reklama faoliyati
(jumladan, bannerli
reklama) va internet-
savdolari.
2001 yil aprelidan
boshdirektorlik o'rni Terri
Semel ga (Terry Semel)
o'tadi . U tomondan
kompaniyaning ichki
tartibiga bir qator
o'zgarishlar qilinadi va
shtatlar qayta tuziladi.
Semel bannerli reklama
hajmini kamaytiradi va
asosiy foydani pullik
akkauntlardan olmoqchi
bo'ladi. Bu kompaniya
daromadlariga salbiy ta'sir
ko'rsatdi.bir yarim yil
ichida Yahoo! reklama
boziridagi ulushini
raqobatchilari foydasiga
yo'qotadi. Kompaniya
aktsiyalari tushib ketadi.
Shu sabali kompaniya
aktsiyadorlarining
navbatdan tashqari
yig'ilishida bosh direktor
lavozimiga Jerri Yang
tayinlanadi.
Jerri Yang o'z biznesini olib
borish bilan birgalikda,
Cisco Systems, Inc., Yahoo!
Japan va Alibaba Group
Holding Ltd kabi
kompaniyalar direktorlar
kengashi tarkibiga kiradi.
2007 yil oxirida Yang
dunyodagi eng boy kishilar
ro'yxatida 524-o'rinni
egalladi. 2008 yil boshida
taniqli qidiruvchi Yahoo!
og'ir holatga tushib qoldi.
Microsoft kompaniyasi
Yahoo! ni 44.6 milliard
dollarga sotib olmoqchi
bo'ldi. Ammo tomonlar
narx bo'yicha kelisha
olishmadi. Jerri Yang
kattaroq narx so'radi.
Kompaniyalar o'rtasida
bitim imzolanmadi va bu
Yahoo! aktsiyadorlarining
katta noroziligiga va
kompaniya aktsiyalarining
narxi tushib ketishiga
sabab bo'ldi.
2009 yilning 13 Yanvaridan
Jerri Yang yana Bosh Yaxu
lavozimini egalladi,
kompaniyani esa Kerol
Bartts (Carol Bartz)
boshqarib kelmoqda.