Klaviaturaga qaramasdan yozishning 5 qoidasi!
____________________________
Mana, necha yillardan buyon
kompyuterdan foydalanasiz.
Lekin hamon klaviaturadan
ko’zingizni uzmaysiz. Balki bu
sizning profitsionallik
darajangizga sizga
sezilmagan holatda putir
yetkazayotgandir, nima
dedingiz? Keling bugun biz
bilan harakat qilib, o’zingizni
malakangizni oshiring.
Ishonamiz, buni siz
uddalaysiz. Quydagi
qoidalarga amal qilib,
o’zingizni rivojlantiring!
Klaviaturaga
qaramasdan yozish:
1 Klaviaturaga qaramang.
Klaviaturadan foydalanishda
sizning ko’rish qobiliyatingiz
emas, balki barmoqlaringiz
ishlashi kerak. Bunda
mushaklaringizning xotirasi
ishga tushishi lozim. Agar
barmoqlaringiz
klavishlarning joylashuvini
to’gri eslab qola olsa, ishingiz
yanada yengil kechadi. Agar
harflar joylashuvini eslab
qolishingiz qiyin bo’lsa, va bu
vaqt o’tisihi bilan ham iziga
tushmasa unda, bir kichik
xiyladan foydalanishingiz
maslahat beriladi. O’zi
yopishadigan qog’ozni oling
(uni yopishgandan keyin
ham olib tashlash oson
bo’lsin) va hammasini
klavishlaringiz yopishtirib
chiqing. Shunda siz ularga
qaramaslikka o’rganasiz yoki
qog’oz harflarni yashirib
tursa, baribir xech narsani
ko’rolmaysiz.
2 Qo’llaringizni to’gri turing.
O’ng qo’l barmoqlari – JKL:
belgilariga joylashsa, chap
qo’ldagi barmoqlar esa –
ASDF harflariga to’gri kelsin.
(Ko’rsatkich, o’rta, nomsiz va
jimjiloq barmog’imgizdan
foydalaning. )
3 Bosh barmoq o’z navbati
bilan probel uchun xizmat
qiladi. Barmoqlarning
hammasi o’z harfini bossin.
Bunga qat’iy rioya qiling.
4 O’zingizni qiynab, harflarni
qayerda joylashib qolganini
eslab qolishga harakat
qilmang. Yaxshisi, siz qaysi
barmoq haysi harf uchun
xizmat qilishini eslab qoling.
Ong osti faoliyatida
xotirangizda harflar bilan
barmoqlaringizni
bog’lanishiga ahamiyat
qarating, ko’z bilan ularni
joylashuvini eslab qolishga
harakat qilmang.
5 Yana bir maslahat, siz
ishlatadigan klaviaturangizni
almashtiring. Masalan, siz
kirilda ish yuritsangiz, kiril
harfsiz (rus alfavitisiz)
bo’lgan klaviaturani xarid
qiling. 2 haftada juda yaxshi
o’rganib olasiz.
