Kampyuter klaveaturalaring vazifalari
_____________________
Klaviaturadagi barcha tugmalarning hamma vazifasini bilmayman-u, lekin bilgan va o'rganganlarimni shu maqolachada sekin-asta yozib boraman. Demak boshladik! F1 - bu tugma (knopka) yordam yoki bo'limini ekranga chiqaradi. Juda ko'pchilik dasturlarga kirganingizda F1 ni bosib ko'rsangiz spravka bo'limi ochilishini ko'rasiz. F2 - men ko'pincha F2 tugmasini qayta nomlashda  ishlataman. Biror faylni belgilang bu uchun shunchaki fayl ustiga sichqoncha ko'rsatgichini keltirib chap tugmasini bir marta bosing. Keyin F2 ni bosib qayta nomlashingiz mumkin. Bu juda qulay! F3 - qidiruv xizmatini ekranga chiqaradi. Agar biror matn muharririda (word, wordpad) ishlayotgan paytingizda F3 ni bossangiz so'z yoki matnni qidiradi. Agar biror papka ichida turganda F3 bosilsa o'sha papka ichida qidiruvni amalga oshiradi. F4 - biror papka ichida turgan paytingizda bossangiz tepadagi adreslarni ochadi. Bu sichqoncha bo'lmagan holatda juda asq otadi! F5 - agar brauzer (opera, internet explorer, mozilla firefox..), papka yoki ish stoli  da turgan paytingizda F5 ni bossangiz oyna yangilanad ( [b]Ctrl+R[b] kombinatsiyasi ham yangilash vazifasini bajaradi). Agar biror matn muharririda (word, wordpad) turganingizda F5 ni bossangiz ayni daqiqadagi soat va sanani yozib beradi. F6 - bu tugmani ish stolida turgan paytingizda bossangiz ish stolidagi yorliq larni birin- ketin ustiga kursorni keltiradi. Bu sichqonchani mushuk yeb ketganda juda qo'l keladi! ))) F10 - biror dasturda ishlayotganingizda F10 ni bossangiz oynaning tepa qismi, o'ng tomonidagi "Файл" ga kursorni keltiradi. Bu ham sichqoncha bo'lmagan paytda asq otadi. Aslida sichqonchadan ko'ra klaviatura amallar bajarish ko'proq zavq beradi. Boshqalarni bilmadimu, menda shunaqa) Endi tugmachalar kombinatsiyasiga o'tsak Alt+Shift - klaviaturadagi alifboni o'zgartiradi (rus- eng, eng- uzb...). Alt+Tab - bu tugmalar kombinatsiyasini men ko'pincha o'yinlarni buklashda  ishlataman. Masalan zuma yoki kontr yoki shunga o'xshash o'yinlardan chiqmasdan turib, ish stoliga chiqish uchun ishlatish mumkin. Keyin pastdagi paneldan yana o'yinni davom ettirsangiz bo'ladi. Ctrl+A - ochiq oynadagi barcha fayllarni yoki matn muharriridagi barcha so'zlarni belgilash uchun  ishlatiladi. Ctrl+Z - oxirgi amalni bekor qilish uchun ishlatiladi. Masalan bilmasdan kerakli so'zni o'chirdingiz yoki o'zgartirdingiz. Bu kombinatsiya orqali so'zni avvalgi holiga keltirishingiz mumkin. Ctrl+C - Belgilangan  fayl yoki matndan nusxa oladi Ctrl+X - Belgilangan fayl yoki matnni qirqib oladi  Ctrl+V - Nusxa olingan yoki qirqib olingan fayl yoki matnni ko'rsatgan joyingizga qo'yadi  Ctrl+S - Masalan matn muharririda matn terib bo'lganingizdan keyin bu kombimatsiya orqali saqlashingiz mukin. Ctrl+P - matnni terib bo'lganingizdan keyin uni printer orqali qog'ozga chiqartirmoqchimisiz? Bu kombinatsiya sizga yordam beradi. Ctrl+Alt+Delete -  Windows ni ekranga chiqaradi. Alt+F4 - dastur, o'yin yoki papkadan chiqish. Alt+Tab - pastki blokda buklab qo'yilgan oynalarning biridan ikkinchisiga o'tishni ta'minlaydi. Faqat oldin Alt ni bosing keyin, Alt ni qo'yvormasdan turib Tab ni bitta bosib qo'yib yuboring (Altni qo'yvormangan holda). Ctrl+F - Bu kombinatsiyani biror matn muharririda ishlayotgan paytda qo'llashingiz mumkin. Bu ham xuddi F3 ga o'xshab matn yoki so'zni qidiradi. Ctrl+H - Bu kombinatsiyani ham biror matn muharririda ishlayotganingizda qo'llashingiz mumkin. Bu biror so'z yoki matnni boshqa so'z yoki matnga almashtirish imkoniyatini beradi. Qulayligi shuki birvarakayiga hamma bir xildagi matnni almashtirish mumkin. Masalan biror katta matndagi barcha Salom degan so'zlarni birdaniga Assalom-u aleykum ga almashtirish mumkin.