Yevgeniy Kasperskiy:
______________________________ 
Kasperskiy
Laboratoriyasi 
kompaniyasining
asochisi 
Kasperskiy Yevgeniy
Valentinovich
Novorossiykda 1965 yilning
4 oktyabrida dunyoga
keldi . Viruslardan himoya
qilish sohasida dunyoga
taniqli mutaxassis hali erta
yoshligidanoq
matematikaga katta
qiziqish bildira boshlagan
edi. O'g'lining iste'dodli
qobiliyatini payqab, uning
ota-onasi bolakayni MDU
qoshidagi Kolmogorov
nomidagi fizika-
matematika maktab-
internatiga berishdi.
Maktabni tugatib,
Yevgeniy o'z o'qishini DHQ
(KGB) Oliy maktabi
qoshidagi kriptografiya,
aloqa va informatika
Institutida davom ettiradi.
Hali talaba bo'lgan 1989
yildan Kasperskiy
kompyuter viruslarini
o'rgana boshlaydi. U
virusga qarshi dasturlar
yaratish bilan o'zining
birinchi kompyuterini
viruslardan himoya qilish
bo'yicha omadli
urinishidan so'ng
shug'ullana boshlaydi.
Disketda virusni saqlab
olib, Kasperskiy uning ishi
qoidasini bilishga qaror
qiladi. Virusni to'liq
o'rganib chiqqanidan
so'ng, u virusni davolash
bo'yicha maxsus dastur
yaratadi, so'ngra esa
navbatdagi virusni ham
yengadi. Xullas, Yevgeniy
o'zining virusga qarshi
dasturlari bilan jiddiy
qiziqib ketadi... Aynan shu
qiziqish qaysi yo'ldan
borish kerak ekanligini
ko'rsatib, iste'dodli
yigitchaning keyingi
taqdiriga hal etuvchi ta'sir
ko'rsatdi.
1991 yildan 1997 yilgacha
bo'lgan davrda Yevgeniy
Kasperskiy "KAMI" ITM da
ishlaydi va keyinchalik
"AVP" (AntiViral Toolkit
Pro) deb nom olgan
antivirusli loyihani
rivojlantirish bilan
shug'ullanadi. 1997 yili
beshta safdoshi bilan
o'zining "Kasperskiy
Laboratoriyasi" deb nom
olgan xususiy
kompaniyasiga asos soladi.
Bir muncha muddatdan
so'ng"Kasperskiy
Laboratoriyasi" axborot
xavfsizligi tizimi ishlab
chiqadigan kompaniyalar
orasida yetakchi mavqeni
egallaydi. Keyinchalik
Kasperskiyning nohalol
amerikalik hamkorlari
brendga bo'lgan barcha
huquqni o'zlashtirib
olishadi. O'shanda
Yevgeniy brendni
almashtirishi haqida
ochiqdan-ochiq bayonot
berdi - 2000 yilda xalqaro
bozorda keng tanilgan
mahsulot "Kasperskiy
antivirusi" nomini oladi.
Kompaniya asoschisining
mohirlik bilan boshqaruvi
ostida kompaniya nafaqat
Rossiya, balki xalqaro
bozorni ham egallaydi .
Rossiyaning " Polikom Pro
" va " 1S " bilan hamkorlik
yo'lga qo'yildi ,
shuningdek Vintage
Solutions (Yaponiya), F-
Secure (Finlyandiya) va
Germaniyaning G-Data
bilan foydali shartnomalar
imzolandi . 1999 yildan
boshlab kompaniyaning
horijiy mamlkatlarda
vakolatxonalari ishlab
kelmoqda .
Hozirgi paytda " Kasperskiy
Laboratoriyasi " - horijda
10 ta vakolotxonasi va 500
kishilik shtatga ega
kompaniyalar guruhidir.
2002 yildan kompaniya
faoliyatining sohasi
kengayib bormoqda . Endi
" Kasperskiy Laboratoriyasi
" foydalanuvchi to'qnash
kelishi mumkin bo'lgan
axborot xavfsizligining
barcha tahdidlaridan
himoya qilishga harakat
qilmoqda. Bu yil
kompaniya yangi
mahsulotlari - Kaspersky
Anti-Spam - spamdan
himoya qilish tizimi va
Kaspersky Anti-Hacker -
kompyuter tarmog'i va
uzeliga ruxsatsiz kirib
borishdan himoya
qiladigan tarmoqlararo
ekranni taqdim etdi.
2007 yilda Kasperskiy rus
xakerlari to'g'risidagi
"Tarmoq" ("Set) degan
serialda suratga tushdi .
Yevgeniy Valentinovich ikki
marta uylangan . Birinchi
nikoh omadsiz bo'ldi .
2007 yilda Kasperskiy o'sha
paytda kompaniyaning
bosh direktori lavozimini
egallab turgan xotini
Natalya bilan ajrashadi.
Oilaviy omadsizlikka
qaramay, Yevgeniy va
Natalya muvaffaqiyatli
hamkorlik qilib
kelishmoqda . Natalya -
yangi jiddiy hamkorlarni
izlash va yangi bozorlarga
chiqishni doimo ta'min
etadigan ajoyib menejer. "
Laboratorii Kasperskogo "
ning moliyaviy
muvaffaqiyati ko'p
tomonlama Natayaning
xizmati . Birinchi nikohidan
Kaspersk iyda ikkita o'g'li
qolgan. Yevgeniy sog'lom
turmush tarzi olib boradi,
tog' -chang'i sporti, baydarkada sayr qilish va
alpinizm bilan
shug'ullanadi.