Kopyuter viruslari
_______________________
Hamma
kompyuter
viruslari
ham
bir
xil tarzda
harakat qilmaydi. Ularning ko`payishi va kompyuteringizni zararlash usullari ham turlicha. Hozirgi kunga kelib kompyuterga zarar yetkazuvchi programmalar va virus turlari juda ko`p bularga qarshi qanday chora ko'rish mumkin va qanday antiviruslardan foydalangan ma'qul deb o'ylaymiz lekin mana shu viruslarni ham qanday guruhlarga bulishini bilib olsak foydadan holi bo'lmasdi. Zero bularning barchasi o'zimiz uchun foydalidir, keling endi mana shu viruslar haqida to'htalib o'tamiz. Kompyuteringizda antivirus
tomonidan ushlangan viruslarning
qaysi turga kirishini bilish sizga
nima beradi? Birinchidan, sizga bu virusga qarshi
qanday samarali kurashishda yordam
berish mumkin. Ikkinchidan, bu
viruslarning qanday zarar yetkazishi
mumkinligini bilib olasiz, keyinchalik
bunday viruslardan ogoh bo`lasiz. Uchinchidan, bu ma`lumotlar sizning
kompyuter savodxonligingizni
oshishiga yordam beradi degan
umiddaman.
Quyidagi umumiy tavsifda ularning
eng asosiy turlari keltirilgan: Troyanlar (Trojan Horses)  Qadimgi yunonlarning Troyaga yurishlari
davrida qo`llagan hiylasi, ya`ni
troyaliklarni otga ishqiboz ekanligidan
foydalanib, ularga katta yog`och ot
sovg`a qilishlari va bu otning
troyaliklar mag`lubiyatiga olib kelishi voqeasidan olingan nom. Hozirda
troya oti iborasi "hosiyatsiz sovg`a degan ma`noni bildiradi. Kompyuter
va internet dunyosida troyanlar
"hosiyatsiz programma deb nomlanishi maqsadga muvofiq.
Troyanlar odatda internet orqali
tarqaladi. Troyanlar kompyuteringizga
o`rnashib olib, dastlab foydali
programma sifatida o`zlarini
tanishtiradilar, lekin ularning asl vazifasi foydalanuvchiga
noma`lumligicha qoladi. Yashirin
ravishda ular o`zlarining yaratuvchisi
(cracker yovuz haker ) tomonidan belgilangan harakatlarni amalga
oshiradilar. Troyanlar o`z-o`zidan
ko`paymaydi, lekin kompyuteringiz
xavfsizligini ishdan chiqaradi:
troyanlar kerakli ma`lumotlaringizni
o`chirib yuborishi, kompyuterdagi ma`lumotlarni kerakli manzilga
jo`natishi, kompyuteringizga
internetdan ruxsatsiz ulanishlarni
amalga oshirishi mumkin. Chuvalchang viruslar (Worms) Chuvalchang viruslar o`z nomiga mos
ravishda juda tez o`z-o`zidan
ko`payadigan viruslardir. Odatda bu
viruslar internet yoli intranet
tarmoqlari orasida tarqaladi. Tarqalish
usuli sifatida elektron xatlar yoki boshqa tez tarqaluvchi
mexanizmlardan foydalanadi. Ular
haqiqatan ham kompyuteringizdagi
ma`lumotlar va kompyuter
xavfsizligiga katta ziyon yetkazadi.
Chuvalchang viruslar operatsion tizimning nozik joylaridan foydalanish
yoki zararlangan elektron xatlarni
ochish yo`li bilan kompyuteringizga
o`rnashib olishi mumkin. Boot sektor viruslari (Bootsector
viruses) Bu viruslar kompyuterning ishlay boshlashi uchun
foydalaniladigan qattiq diskning
maxsus qismini ishdan chiqaradi. Bu
virus kompyuteringizni
zararlaganidan keyin kompyuter
ishlamay qolishi mumkin. Odatda floppy disklar orqali tarqaladi. Makro viruslar (Macro viruses) Macro viruslar bu o`zlarining
tarqalishi uchun boshqa bir
programmaning makro dasturlash
tilidan foydalanadigan viruslardir. Ular
odatda Microsoft Word yoki Excel
xujjatlarini zararlaydi. Operativ xotirada yashovchi
viruslar ( Memory Resident Viruses ) - Bu viruslar kompyuteringizning
operativ xotirasida (RAM) yashaydi va
zararli harakatini amalga oshiradi.
Odatda ularni ishga tushirish uchun
boshqa virusdan foydalaniladi. Ular
o�zlarining ishga tushishga yordam bergan virus yopilgan bo`lsa ham
kompyuter xotirasida qoladi, shuning
uchun ham ularga yuqoridagi nom
berilgan. Rootkit viruslari (Rootkit viruses) Rootkitlar viruslar orasida o`zlarining
eng xavfliligi va yashirinishga ustaligi
bilan alohida ajralib turadi. Rootkitlar
kompyuteringizni yovuz hakerlar
tomonidan qo`lga olinishi uchun
foydalaniladi. Ba`zi rootkitlarni antivirus programmalari ham aniqlay
olmaydi, chunki ular o`zlarini operativ
tizim fayllari sifatida ko`rsatishadi.
Rootkitlar odatda troyanlar tomonidan
kompyuteringizga o`rnatiladi. O`zgaruvchan viruslar (Polymorphic
viruses) Bu viruslar nafaqat o`z- o`zidan ko`payadi, balki ko`paygan
paytda o`zlarining kodlarini ham
o`zgartirib turishadi. O`zgaruvchan
viruslarni aniqlash ham ba`zi
antiviruslar uchun qiyin kechishi
mumkin. Vaqt bombasi viruslari (Time or
Logic Bombs) Bu viruslar muayyan sana yohud payt kelganida yoki
foydalanuvchi tomonidan muayyan
harakat amalga oshirilganida ishga
tushadigan viruslardir. Misol uchun
Kulgi kunida(1 aprel) yoki Yangi yilda
kompyuteringizdagi ma`lumotlarni o`chirib tashlab sizga sovg`a taqdim
etishi mumkin.