Kompyuter nima uchun
qizib ketadi?
______________________________
Cho'zilib ketgan issiq ob-
havo ko'pchiligimiz
kompyuterlarning qizib
ketishi muammosiga duch
kelishimizga olib keldi.
Bundan tashqari, havodagi
tutunning katta miqdori
(Rossiyada) tufayli ba'zi
kompyuter klasterlarining
faoliyatini ishdan chiqardi.
Xo'sh, ob-havo harorati va
boshqa sharoitlar
kompyuterning ishiga
qanday ta'sir qiladi?
Bugun biz quyidagi
jihatlarni muhokama
qilamiz:
Qanday harorat
kompyuter uchun
normal hisoblanadi?
Agar kompyuter
"sovuq qotgan" bo'lsa
nima qilish kerak?
Kompyuter qizib
ketganligining
belgilari nimalarda
namoyon bo'ladi?
Kompyuterning qizib
ketishiga qarshi
qanday kurashish
mumkin?
Darrov aytib qo'yay, qizib
ketish - kompyuteringiz
yomon ishlashining, "qotib
qolishining" jiddiy
sabablaridan biridir.
Shunday ekan, ba'zida
mavjud bo'lmagan viruslar
bilan kurashmasdan, balki
kompyuterni sovutgan
ma'qul. Aks holda,
hammasi chap tomondagi
suratdagi kabi
yakunlanishi mumkin!
Hazillashyapman, albatta.
Kompyuteringiz yonib
ketmaydi. Ammo birpasda
kompyuter ichidagi
fayllaringizdan mahrum
bo'lishingiz mumkin.
Shunday qilib,
boshlaymiz...
Qanday harorat
kompyuter uchun
normal hisoblanadi?
Bunga bir xil javob yo'q,
albatta, lekin hammasi
konkret modelga bog'liq.
Bunda kompyuterning
turli detallari har xil
ta'sirchanlikka ega bo'lishi
mumkin. Yana aytib
o'tamiz, so'z oddiy
statsionar kompyuterlar
haqida bormoqda. Qo'pol
qilib aytganda, Selsiy
bo'yicha 5-10 daraja
minimal normal harorat
hisoblanadi. Protsessor 5
darajada hali ishlashi
mumkin, ammo qattiq
disk o'qilmasligi ehtimoli
ham mavjud. Aslida,
kompyuterlardan past
haroratlarda
foydalanishdagi asosiy
muammo haroratning
o'zida emas, balki namlik
darajasida bo'ladi. Odatda
qishda sovuq xonalar zax
bo'ladi, bu esa
kompyuteringizni juda tez
ishdan chiqarishi mumkin.
Maksimal harorat...,
umuman olganda, xonada
buncha 
darajada
bo'lmaydi. Odatda
kompyuter atrofidagi
buyumlarga qaraganda
iliqroq bo'ladi, shu bois
bizning hatto 35 darajali
issig'imizda ham, agar
sovutish tizimi yaxshi
ishlayotgan bo'lsa,
kompyuterlar normal
ishlashi mumkin. Bunda
kompyuterlarning turli
qismlari har xil darajadagi
haroratga ega bo'ladi.
Qattiq disk 50-60 daraja
haroratda yomon ishlay
boshlaydi. Bunda
protsessor juda qizib
ketishi mumkin, bu yerda
muammolar 70-80
darajadagi haroratdan
boshlanadi (Intel
protsessorlari odatda AMD
ga qaraganda yuqori
haroratga yaxshi chidamli
bo'ladi). NVidia
videokartalari uchun esa
hatto 70 darajada ham
ishchi harorat hisoblanishi
mumkin.
Agar kompyuter "sovuq
qotgan" bo'lsa nima
qilish kerak?
Juda oddiy, uni isitish
lozim. Aslida, ishlayotgan
kompyuter aslo "sovuq
qotmaydi". Agar siz
kompyuterni sovuq
ko'chadan olib kelgan
bo'lsangiz, uni hech
bo'lmaganda bir soat
yoqmay turing. Yana
takrorlayman,
kompyuterni sovuq havo
emas, balki namlik,
kondensat ishdan
chiqaradi. Aytganday, shu
yerda sovuq holatda
o'zining video-rejimini
o'zgartira olmaydigan eski
videokartalar esimga
tushib ketdi.
Kompyuter qizib
ketganligining belgilari
nimalarda namoyon
bo'ladi?
Agar qisqacha aytadigan
bo'lsak, ular turli-tuman.
Shuning uchun agar
kompyuteringiz qiliq
ko'rsatayotgan bo'lsa,
o'ylab ko'ring, balki u qizib
ketgandir. Quyida qizib
ketishning eng keng
tarqalgan belgilarini
keltiramiz:
Kompyuter birdaniga
o'chib qoladi. Bu
protsessorni qizib
ketishdan saqlaydigan
himoya tizimi ishlab
ketganidan darak
berishi ham mumkin.
Kompyuter qotib
qoladi, uni qayta
yuklashga to'g'ri keladi.
Kompyuter qotib
qolganida tasvir
buzilishi mumkin. Bu
videokartaning qizib
ketganidan dalolat
beradi.
Disk ishidagi buzilishlar,
shu jumladan qayta
yuklana olmaslik yoki
ma'lumotlarni o'qiy
olmaslik diskning qizib
ketishi natijasi bo'lishi
mumkin.
Ventilyatorning chiranib
va muntazam ishlashi.
Agar kompyuteringiz
oldingiga qaraganda
ko'proq "shovqin"
qilayotgan bo'lsa, uning
sovutish tizimi haqida
o'ylab ko'ring.
Keyin, kompyuterni
shunchaki ushlab
ko'rish mumkin. Issiqmi?
Demak, bu yomon!
Shuningdek,
kompyuteringizning
haroratini ko'rsatib
turadigan biror-bir
diagnostik utilitani
yuklab olib,
o'rnatishingiz mumkin.
Masalan, menga
CPUZ
yoqadi.
Kompyuterning qizib
ketishiga qarshi qanday
kurashish mumkin?
Yuqoridagi barcha
"dahshatlardan" keyin
men sizga qizib ketish
muammosiga qarshi
qanday kurashish borasida
maslahatlar berishga
majburman, albatta.
Agar siz statsionar
kompyuterda
ishlasangiz, uni shunday
joylashtiringki, unga
toza havo normal
darajada yetib tursin.
Uni muntazam ravishda
ochib va tozalab
turishni unutmang! Bu
juda oddiy - qopqog'i
ochilganidan keyin siz
darrov ikkita yoki uchta
ventilyatorni ko'rasiz.
Ulardan bittasi quvvat
blokining yonida
joylashgan, ikkinchisi -
protsessorda, uchinchisi
- videokartada.
Ularning hammasini
tozalab va
changyutkichda
changini so'rib turish
kerak.
Noutbukka
to'xtaladigan bo'lsak,
uni yumshoq
predmetlarning ustiga
qo'ymang, noutbukni
tizzaga qo'yib
ishlamang.
Noutbukning ostiga
qo'yish uchun maxsus -
tizza tomoni yumshoq,
kompyuter turadigan
tomoni esa tekis
bo'lgan doskani sotib
olish mumkin.
Noutbukning ham
ventilyatsiya tizimini
tozalab turish kerak.
Ammo, ko'p hollarda
noutbukni qismlarga
ajratish qiyin bo'ladi
(buning uchun
protsessorni yechib
olish kerak, natijada
termopastani qaytadan
surish zarur bo'ladi).
Shu bois noutbukni
siqilgan havoli
balloncha yordamida
puflash har doim
qilishingiz mumkin
bo'lgan oraliq yechim
hisoblanadi.
Agar bu ham yordam
bermasa, noutbuk
ostiga qo'yiladigan
ventilyator o'rnatilgan
maxsus taglamani sotib
olishga to'g'ri keladi.
Odatda bunday
ventilyatorlar USB-port
orqali quvvat oladi.
Va nihoyat, ventilyator
a'lo darajada ishlab,
protsessor esa baribir
qizib ketadigan holat
ham uchrab turadi. Bu
odatda yuqorida aytib
o'tilgan termopasta
qurib qolganidan
dalolat beradi.
Tushuntirib o'taman:
noutbukdagi ventilyator
issiqlikni ajoyib tarzda
o'tkazadigan plastinani
sovutadi. Plastina
protsessorga yopishib
turadi, ammo ular
baribir bitta yagona
uskuna hisoblanmaydi,
bu esa protsessordagi
haroratni plastinaga
ideal tarzda uzatishga
xalaqit beradi. O'zaro
issiqlik almashinuvini
yaxshilash uchun
ularning kontaktga
kirishadigan qismlariga
termopasta deb
nomlanuvchi maxsus
tarkib suriladi. Ushbu
tarkib, qurib borishi
bilan, o'zining
xususiyatlarini yo'qotishi
va qayta almashtirishni
talab etishi mumkin.
Biroq men bu ishni
o'zboshimchalik bilan
bajrishni tavsiya
etmasdim - yaxshisi
mutaxassislarga
murojaat qiling.
Ammo torf yong'inlarining
tutuni kompyuterlar
uchun qo'rqinchli emas, u
asosan odamlarning o'ziga
zararli. Aytish joizki, bu yil
yozda qiziq voqealar ham
sodir bo'ldi - tutun tufayli
yong'in signalizatsiyasining
muntazam ravishda ishlab
ketishi natijasida ba'zi
kompyuter markazlarining
faoliyati to'xtab qoldi.
Siz-chi,
kompyuteringizning
haroratini nazorat qilib
borasizmi?