Magnit odam
______________________________
Malayziyada yashovchi Lyu
Tou Linni butun dunyo
taniydi, desak bubolag`a
bo`lmaydi. Buning sababi
shundaki, uning tanasi
turli metall buyumlarni
tortishdek tabiiy
qobiliyatga ega. Katta-
Kichik qoshiqlar,
likopchalar, soatlar va
boshqa turli-tuman metall
buyumlar qo`llarning
yordamisiz ham badaniga
yopishib turaveradi. Lin
ikki kilogrammgacha
bo`lgan buyumni sira
qiynalmay badaniga
"yopishtiradi". Ba'zan esa
chiqishi davomida
badaniga yopishib
turadigan buyumlarning
umumiy og`irligi 36
kilogrammgacha yetadi!
Bundan tashqari, bir safar
tomoshabinlar
malayziyalik qariyaning
yana bir rekordiga shohid
bo`lishdi: magnitli
terisining tortish kuchidan
foydalangan holda Lin
yengil avtomobilni 100
metrcha tortib borishga
muvaffaq bo`ldi.
Malayziya davlat
texnologiya
universitetining olimlari va
talabalari eng zamonaviy
ilmiy-tekshirish asbob-
uskunalaridan
foydalangan holda Lyu
Tou Linni puxta
tekshiruvlardan
o`tkazishdi. Shunda
"Janob Magnit"ning terisi
ham, badani ham
magnitlanish hususiyatiga
ega emasligi, ammo terisi
cho`zilganda, unda
so`rish samarasi (huddi
sakkizoyoqning
so`rg`ichlari satxga
yopishib olgani kabi, faqat
farqi - uning so`rg`ichlari
yo`q) paydo bo`lishi
aniqlandi. Eng qizig`i
shundaki, janob
Magnitning bu noyob
qobiliyati nasldan naslga
o`tar ekan. Aytaylik, uning
farzandlari otasining
noyob qobiliyatidan
bebaxra qolgan bo`lsalar-
da, nabiralari allaqachon
bobomeros qobiliyatini
namoyish etishga
ulgurdilar. To`g`ri, ular
hali bobosi kabi ulkan
ko`rsatkichlarga
erishganlaricha yo`q,
ammo yo`qdan ko`ra
harna-da.