Mail.Ru haqida
Mail.Ru kompaniyasining tarixi
_____________________
Biznes va tadbirkorlik tarixi muvaffaqiyatli va talabgor loyihalarning dunyoga mutlaqo qo`qqisdan, biror-bir rejalashtirishsiz va kelajak rejalarisiz paydo bo`lgani haqida ko`plab misollarni biladi. Runetning yirik pochta xizmatlaridan biri Mail.ru shu nomli portal va brend buning yorqin isbotidir .

1998 yilda DataArt kompaniyasining Sankt-Peterburgdagi bo`limi dasturchilari tomonidan pochta xizmati uchun butunlay yangi dvijok yaratilganida, hech kim vaqti kelib bu yaratilgan narsa Runetning yirik portaliga aylanishini taxmin ham qila olmagan edi. Amaliy sinovdan o`tkazish uchun servis rossiyalik foydalanuvchilar uchun sinov tartibida ishga tushirildi. Tizim shu qadar omadli bo`lib chiqdiki, sinovdagi servis darhol minglab foydalanuvchilar e`tirofiga sazovor bo`ldi. Shu sababli o`sha yilning noyabr oyida DataArt Enterprisesning bo`linmasi Port.ru mustaqil kompaniyaga aylantirildi. Yangi tuzilgan kompaniyaning asosiy maqsadi matritsali modelda asoslangan va o`zida turli rejali bo`lim va servislarni taqdim etadigan internet-portalini yaratish bo`ldi. Loyihaning o`zagi, tabiiyki, yangi Mail.Ru pochta xizmati hisoblanar edi .


Pochta xizmatini rivojlantirish bilan bir qatorda Port.ru kompaniyasi mutaxassislari bugungi kunda ma`lum va mashhur bo`lgan : www.music.ru, www.autoport.ru, www.rabota.ru, www.talk.ru kabi xizmatlarni ham yaratish ustida ishlashdi . Darvoqe, yangi ming yillikni Mail.Ru pochta xizmati soni milliondan oshgan foydalanuvchilar bilan boshladi.

2001 yilning boshida, 20 fevralda netBridge va Port.ru kompaniyalari qo`shilish bo`yicha amaliyotni o`tkazishdi va buning natijasida Runetda shubhasiz yetakchi -Port.ru internet-xoldingi paydo bo`ldi. O`sha yilning kuzida kompaniyaning sarmoyadorlari Port.ru brendini ommaviyroq va ko`proq tanitilgan Mail.ru brendiga almashtirishga qaror qilishdi. Ommaviy zahira bo`lgan Rossiya internet-portali Mail.ru ning paydo bo`lishi qisqacha tarixi shunday .

2003 yil Mail.ru kompaniyasida jiddiy o`zgarishlar yuz berdi. Aynan o`sha yili portal o`z foydalanuvchilariga qidiruv xizmatlarini ko`rsata boshladi. Bir oz vaqtdan so`ng matnli izlashga suratlarni izlash ham qo`shimcha qilinadi. Keyinroq esa kompaniya bozor talablariga rioya qilib tobora yangi servislarni joriy etishni va yangi loyihalarni ishga tushirishni boshlaydi. Soft@mail.ru, Mobile@Mail.ru, Finans@mail.ru va Realty@mail.ru bu nomlar ortida har kuni minglab foydalanuvchilar foydalanadigan ommaviy va e`tiborli zahiralar va servislar yaratilishiga olib kelgan uzoq muddatli mehnat yotadi.

O`sha 2003 yilda kompaniya ko`plab qo`shimcha vazifalarga ega internet-messenjer Mail.ru Agentni ishga tushiradi. Bugun bu elektron xabarlar bilan almashish dasturi o`zida muloqot uchun yagona muhitni namoyon qiladi va Mail.ru portalining ko`plab servislaridan foydalanishga imkon beradi. Taxminan shu davrda pochta xizmati tomonidan serverda saqlanayotgan maktublar hajmiga bo`lgan cheklov olib tashlandi .

2004 yil. Kompaniya o`sishda va rivojlanishda davom etadi: qidiruvda ruscha morfologiya qo`shiladi, Tour. torg. ru, Wifi@ mail. ru, loyihalari ish boshlaydi. Bundan tashqari kompaniya matnli reklama bozorida o`z obro`siga ega bo`la boshlaydi. 2004 yilda portalning pochta xizmati 20 mln dan ko`p akkauntlarga xizmat ko`rsatdi.

2005 yilda foydalanuvchilar internet-brauzerga deb nomlangan yangi panelni integratsiyalash imkoniga ega bo`lishdi. Yangi servislar yaratildi: Foto@mail.ru va Afisha@mail.ru. Sentyabrda elektron to`lovlar tizimi ish boshladi .

2006 yilda Igri@mail.ru, Obrazovanie@mail.ru, Video@mail.ru, ommaviy ijtimoiy qidiruv Otvet @mail.ru va elektron jo`g'rofiy servis faoliyat boshladi .

Portal imkoniyatlari kengayishda davom etdi , 2007 yilda kompaniya o`ziga xos ijtimoiy tarmoq Moy mir yaratdi , o`zining qidiruv dvijogi GoGo va Hi-tech@Mail.Ru loyihasini ishlab chiqdi .

Taraqqiyotga tinimsiz intilish va foydalanuvchilar haqida qayg`urish portalga haqli ravishda Runetning eng yaxshi zahiralaridan biri sifatida atalishga imkon beradigan Mail.Ru portali ishining mezonlaridir. Bugungi kunda portal auditoriyasi onlaynda xizmat ko`rsatish sohasidagi eng yaxshi xizmatlardan foydalana olish imkoniyatiga ega.