Multimedialar haqida
_____________________
Vaqt o`tishi bilan o`rgimchak to`ri faqatgina matn va tasvirlar almashish uchungina emas, balki, video, tovush, harakatlar va shunga o`xshash multimedia elementlarini almashish uchun ham xizmat qila boshladi. 
Multimedia kompyuterda tayyorlangan informatsiya bo`lib, bir turdan ko`p bo`lgan informatsiyalarni o`zida saqlaydi. Masalan: matn va tovush, tasvir va tovush va hokazo. Hatto tovushsiz videoroliklani informatsion texnologiyalarga jalb qilish ham multimediali prezentatsiya lar deb atala boshlandi.
Internetda uchraydigan multimedialar videolar, tovushlar, animatsiyalar misol bo`ladi. Ularni to`xtatish, boshidan qo`yish, biroz o`tkazish mumkin. Ba'zi multimedia elementlar o`tish tugmasi kabi interaktiv xarakterdagi tugmalarga ega bo`lishi ham mumkin. Qisqasi multimedia elementar bizga yaxshi tanish bo`lgan audio va video roliklarni eslatadi.
Web-dizayner multimedialarni qo`llashi uchun quyidagi uch narsalarni bilishi kerak:
-sahifada multimedia elementlarni qo`llash sababini;
-qo`llanilayotgan multimedia elementlarining internetda ommaviyligini;
-multimedia elementni qo`llash turini. Ya'ni sahifa ochilganda multimedialar ishga tushishi yoki alohida oynaga ochilishi.
