Mukammal parol tanlashda maslahat
_____________________
Mukammal kalit so`z o`ylab topish va uni eslab qolish murakkab ishlardan biri hisoblanadi.Xavotirga o`rin yo`q, quyida mukammal parolga oid antiqa usullar haqida ma`lumot bеramiz.
1. Karnegi-Mellon universiteti (AQSh) professori Lorri Krenor, yodda yaxshi saqlanib qolgan biron gap yordamida kalit soez yaratishni taklif qiladi. Buning uchun eng yoqtirgan qoeshigingiz yoki filmingizdagi so`z birikmalaridan foydalanishingiz mumkin.Masalan, Mahallada duv-duv gap kino komediyasidagi Oyposhshaning Ana surprz-u mana surprz, ana kir yuvadig`on moshina-yu mana tilbizor degan gapini olaylik. Undagi so`zlarning bosh harflarini birlashtirib chiqsak, AsMsAkYumMt parol so`zi hosil bo`ladi. O`ylaymizki, bunday parol eng mohir xakerning ham etti uxlab tushiga kirmasa kerak.
2. Kompyuterni oz-moz bilgan kishi ikki tilga moslashgan klaviatura yordamida hech kimning xayoliga kelmaydigan o`ziga xos parollarni o`ylab topishi mumkin. Buning uchun bironta o`zbekcha maqolni inglizalifbosida yozish kifoya. Natijada sizga yaxshi tanish bo`lgan Oltin olma duo ol degan hikmatli so`z jknbyjkvflejjk ko`rinishidagi murakkab parolga aylanadi qoladi.
3. Agar xotirangiz sust bo`lsa, kiradigan saytlaringizning barchasiuchun bir dona murakkab so`zdan (masalan yuqoridagi inglizchalashtirilgan maqolni olaylik) parol asosi sifatida foydalanishingiz mumkin.Bunday paytda parol so`zining boshiga kirilayotgan sayt nomining bosh harfini qo`shib qo`yish kerak, xolos. Masalan, Feysbuk uchun fjknbyjkvflejjk, Tvitter uchun esa tjknbyjkvflejjk tarzida.Shunda, ham esingizdan chiqmaydi, ham bir nеchta tarmoq uchun har xil parol ishlatgan bo`lasiz.
