Elektron pullarni aloqa operatorlariga tashlash!
_____________________
Siz o'z wmr va wmz laringizni o'z tel raqamlaringiz hisobiga tashlashingiz mumkin. Buning uchun eng ishonchli va pulni tez o'tkazadigan saytni sizlarning e'tiborlaringizga havola etmoqchiman. http://Payservice.uz Bu saytda turli yo'nalishlari bo'yicha to'lovlar qabul qilinadi. Biz esa WebMoney orqali to'lovni amalga oshiramiz. Qaysi sahifaga kirish esa O'zimizning aloqa operatorimizga bog'liq. Ya'ni:
>> http://payservice.uz/popolnenie/mts.html
>> http://payservice.uz/popolnenie/ucell.html
>> http://payservice.uz/popolnenie/beeline.html

Demak, qaysi aloqa operatoriga pul tashlamoqchi bo'lsak, yuqoridagi linkdagilardan biriga kiramiz!
Demak, biz MTC misolida ko'rib chiqamiz. http://payservice.uz/popolnenie/mts.html ga kiramiz va saxifaning yuqori qismidan qancha summa kiritmoqchiligimizni yozamiz
Keyin esa o'sha yozgan summamizni WebMoneyning qaysi valyutasi orqali to'lashimizni belgilaymiz

Keyin Keeper dasturlarini ro'yxati ekranda aks etadi. Biz o'zimiz foydalanadigan Keeper dasturimizni tanlaymiz (masalan, Keeper Mobile ni. Chunki, ko'pchilik Keeper Mobile dan foydalanadi)

Va nixoyat, eng asosiy vaziyatga yetib keldik. Mana shu xolatdan muvaqqiyatli o'tsak, qolgani hech nima emas! Bunda bizga 3 ta matn (yoki son) kiritish maydoni beriladi

Keeper Mobile ni tanlaganimizda bizda 3 ta bo'sh joy chiqadi.
1. Tel raqamni kiriting
2. Pin Kod ni kiriting.
3. Kodni kiriting.
"Tel raqamni kiriting" maydoniga esa Master kod kelishi uchun qaysi raqamdan sms yuborgan bo'lsak (Keeper Mobile dan regdan o'tayotganda sms yuborganda qaysi tel raqamimizdan foydalangan bo'lsak) o'sha raqamni kiritamiz
"Pin Kod ni kiriting" maydoniga esa Keeper Mobile dasturiga kirganda so'raydigan kodni kiritamiz
"Kodni kiriting" maydoniga rasmdagi kod (captcha) ni kiritamiz

Keyin esa yangi saxifa ochiladi. Saxifada kodni kiritish uchun maydon bo'ladi. Yuqorida kiritgan tel raqamimizga sms keladi. Sms da esa 4 ta sondan iborat kod bo'ladi. Anashu kodni saxifadagi bo'sh maydonga kiritamiz va podverdit tugmasini bosamiz. Qarabsizki, vipolnena degan yozuv paydo bo'ladi.

Pul uzog'i bilan 45 minutda tushadi. Men Mtc ga tashlaganimda 15 minutda, Ucell ga tashlaganimda 30 minutda o'tdi. Minimal 500 so'm. WebMoney koshelogingizda 7 wmr (albatta bu 500 tashlaganda) bo'lishi kerak. 500 so'm tashlash uchun Payservice.uz sayti 6 wmr oladi. Smsda kod yuborgani uchun maxsus sayt 0.90 wmr (salkam 1 wmr) oladi. Xullas, 500 so'm tashlash uchun koshelogingizdan 7 wmr yechib olinadi!
