PHP tarixini bilasizmi?
_____________________
1994 yili php tilinig yaratuvchisi Rasmus Lerdorf o`zinig saytiga mehmonlar kirishini hisoblash uchun Perl dasturlash tilada maxsus qobiq yozib amalda qo`llagan. Ko`p o`tmay qobiqni ishlash unumdorligi juda past va sekinligi aniqlanganidan so`ng, dasturlarni yangidan C tilida yozib chiqishga to`g`ri keladi. Keyin, dastlabki dastur kodlari muallif tarafidan barchaga ko`rish uchun serverga nashr qilingan. Server foydalanuvchilari kodlar bilan qiziqib, uni ishlatish muxlislari ham paydo bo`lgan. Hademay, bu dasturlar alohida loyihaga aylanib, 1995 yilning iyun oyida dasturiy mahsulot PHP (Personal Home Page) nomi bilan birinchi nashri chiqarildi. Imkoniyatlari oddiy va sodda bo`lib: bir necha buyruqlarni tushunadigan kod analizatori(tekshiruvchisi), mehmonlar hisoblagichini, kitobini, chatini yaratish uchun foydali dasturlar to`plamidan iborat bo`lgan.

1996 yil aprel oyida dasturlar jiddiy qayta ishlanganidan so`ng, PHP/FI (Personal Home Page / Forms Interpreter) nomi bilan mahsulotning ikkinchi nashri paydo bo’ldi. Bu mahsulot html-kod ichiga yozilib, html-formalarni qayta ishlab, hozirgi PHP dasturlash tilining tayanch imkoniytlarini ichiga olgan. PHP/FI kod yozilishi Perl tiliga juda oxshagan, lekin soddaroq bo`lgan.

1997 yili PHP/FI 2.0 nashri chiqdi. O`sha paytda bu mahsulot bilan dunyo bo`yicha bir necha ming odam foydalanib, taxminan 50 ming domen bo`lib, Internetning 1 foizni-ni tashkil qildi.

1997 yilda Endi Gutmans va Ziv Suraski PHP/FI kodini boshqatdan yozib chiqishdi, chunki eski kod ular ishlatayotgan elektron tijorat tizimlari uchun yaroqsiz edi. Eski kodning mualliflaridan yordam olish uchun ular birlashishni taklif etib, PHP3 nomli loyihani PHP/FI -ni rasmiy vorisi deb e`lon qilishdi. Yangi loyiha uyushgandan keyin PHP/FI loyihasi ishlab chiqarilishi to`xtatilgan.

PHP 3.0 -ning eng kuchli taraflaridan biri uning kengaytirala olinadigan yadrosi(tizimning bosharuv qismi) bo`lib, bundan tashqari, ma`lumot jamg`armalar bilan, turli protokollar va interfeyslar bilan birgalikda ishlash keng imkoniyatlari yaratildi. Muvaffaqiyatga erishishga ancha ahamiyatli fakt bu yangi tilni boyligi va ob`ektlarga mo`ljallangan dasturlashni ko`lla olishi. Yangi loyiha bilan birga nafaqat tilni tashqi, ichki tuzulishi o`zgardi, balki o`zini nomi ham. Endi PHP qisqartmasi PHP: Hypertext Preprocessor ma`nosini anglatishi bildirildi.

1998 yilning oxirida PHP foydalanuvchilarning soni o`n minglardan oshdi. Yuz mingdan oshiq veb-saytlar bu tilni qo`llashini e`lon qilishdi. Taxminan Internetning 10 foiz serverlarida PHP 3.0 o`rnatilgan edi.

1998 yilning iyun oyda PHP3 to`qqiz oy ommaviy tekshiruvidan keyin rasman e`lon qilindi. Shu yilning qishida Endi Gutmans va Ziv Suraski PHP yadrosini qaytadan ishlab chiqarishni boshlashgan. Ularning asosiy vazifasi PHP tiziminig unumdorligini ko`tarish va kodning modullarini yaxshilash edi.

1999 yilning o`rtalarida birinchi marta taqdim qilingan yangi yadro Zend Engine deb nomlangan (Zend: mualliflar Zeev va Andi ismlardan tashkil topgan). Uni asosida tuzilgan yangi til PHP4 2000 yilning may oyida rasman chiqarilgan. Unumdorlik yaxshilangandan tashqari, PHP 4.0 muhim yangiliklarga ega bo`lib, sessiyalarni ko`llash, buferli chiqarish, kiritilgan ma`lumotlarni havfsiz qayta ishlash va yana bir necha yangi til tuzuvchilarini paydo bo`lishidan iborat.

Hozirgi kunlarda Zend Engine qayta yaxshilanib PHP5 tili ishlab chiqarildi. Asosiy o`zgarishlar ob`ektlarga mo’ljallangan dasturlash modelida bo`lib, tilning imkoniyatlari yanada kengaytirdi.

Hozirda PHP tilini yuz minglab dasturchilar ishatib, bir necha million saytlar yaratilib, Internetning 20 foiz domenlarini tashkil etmoqda.

PHP nashrlari
PHP 1.0 - 1995 yil, 8 iyun,	Rasmiy nomi Personal Home Page Tools (PHP Tools). Bu PHP qisqartmani birinchi marta ishlatilinishi.
PHP 2.0 - 1996 yil, 16 aprel, Veb sahifalarni Tez va oson ishaydigan qurol deb e`lon qilingan mahsulot.
PHP 3.0 - 1998 yil, 6 iyun, Bir kishi ishlab chiqaruvchi loyihadan ko`p ishlab chiqaruvchilar loyihasiga aylandi. Endi Gutmans va Ziv Suraski kodni boshqatdan yozib chiqishdi.
PHP 4.0.0 - 2000 yil, 22 may, Yangi yadro Zend Engine asosida tuzilgan
PHP 4.1.0 - 2001 yil, 10 dekabr, Til konstruktsiyasiga superglobal imkoniyatlar qoshilgan ($_GET, $_POST, $_SESSION, etc.)
PHP 4.2.0 - 2002 yil, 22 aprel, Xavfsizlikni oshirish maqsadida tizimning sozlash register_globals parametri ochirilgan
PHP 4.3.0 - 2002 yil, 27 dekabr, CGI (Common Gateway Interface)ga qo’shimcha “CLI” (command line interpreter) texnologiyasi kiritilgan.
PHP 4.4.0 - 2005 yil, 11 iyul, phpize va php-config skriptlari uchun qo`llanma varaqlari qo`shilgan.
PHP 5.0.0 - 2004 yil, 13 iyul, Zend Engine II – yangi ob`ekt modeli kiritilgan.
PHP 5.1.0 - 2005 yil, 24 noyabr, PHP Engine ishlash unumdorligi yaxshilangan.
PHP 5.2.0 - 2006 yil, 2 noyabr, Kengaytiradigan filtr modullarining php tizimida ishlatish imkoniyatlari ochiq holati o`rnatilgan (default).
