Klik/Serfing/Banner/Trafik sotuvi
_____________________
Klik klub 

Klik klub - bu yangi sayt egalariga o`z saytlarini yurgazib olish uchun qulay loyihadir. Klik klublarda ishlash juda oddiy va oson, lekin ozgina vaqt talab etiladi. Klik klubda ro`yxatdan o`tganingizdan so`ng PLOSHATKI ga o`z saytingizni qo`shasiz va PEREHOD PO SILKAM dagi saytlarga kirib chiqasiz. Va aksincha siz kirgan sayt egalari sizning saytga kirishadi. Qarabsizki saytingiz hisoblagichidagi sonlar ortib bormoqda va saytingiz top reytinglarda yuqori o`rinlarni egallaydi. Siz esa haqiqiy foydalanuvchilarga ega bo`lib borasiz. Ba`zi klik klublar ko`proq foydalanuvchilar jalb qilish maqsadida siz kirgan har bir sayt uchun ma`lum bir miqdorda pul berishadi. Hullas klik klublar saytni yurgazish va pul topish uchun qulay loyidadir.

Serfing

Serfing - saytsiz pul ishlashni bir usuli bo'lib, sizga kirish uchun berilgan saytga kirib kamida 15 - 20 soniya saytni tomosha qilasiz va sizga belgilangan pulni berishadi. Agarda belgilanga vaqtdan avvalroq saytdan chiqib ketsangiz jarima olishingiz mumkin. Men pul ishlashning bu yo`lini tavsiya qilmagan bo`lardim. Negaki saytlarga kirganingiz uchun sarflangan trafik ( operator uchun haq) ni qoplamaydi. Lekin pul topishni endigina boshlayotganlar uchun juda qo`l keladi.

Banner almashinuvi

Banner almashuvi ( BANNEROBMEN) - bu ham sayt yurgazish uchun qulay bo`lib, bunda siz o`z saytingizga boshqalarni bannerini o`rnatasiz, banner almashuvi loyihasida ishtirok etuvchi foydalanuvchilar o`z navbatida o`z saytiga sizning banneringizni o`rnatadi. Agar sizni saytingizga o`rnatilgan bannerga banner almashinuv foydalanuvchisinikiga qaraganda siznikiga kamroq odam kirsa sizning banneringiz o`rniga boshqa foydalanuvchi banneri o'rnatiladi. 

Trafik sotuvi 

Trafik sotuvi (PRODAJA TRAFFIK) - pul topishning bu usulida ishlash uchun ochilgan saytlardan ro`yxatdan o`tib, siz saytingizga o`rnatish uchun berilgan ssilkani o'rnatganingizdan keyin, saytingiz foydalanuvchisi o'sha ssilkaga kirsa sizga belgilangan miqdorda pul xisobingizga o`tkaziladi. Lekin bu yo`l bilan pul topmoqchi bo`lsangiz ssilkaga kuniga kamida 30 - 40 ta kirilishi uchun saytingiza kamida 100 ta xost kirishi kerak. Shunday bo`lsada pul topishning eng yaxshi yo`llaridan biri.