Pyer Omidyar: Ebay
kompaniyasining
asoschisi
______________________________
Pyer Omidyar - kelib
chiqishi eronlik bo'lgan
frantsuz. U 1967 yilning 21
iyun kuni Parij (Frantsiya)
shahrida dunyoga keladi.
U olti yoshga to'lganida
oilasi yashash uchun
Vashingtonga (AQSh)
ko'chib o'tadi. Hali
talabalik vaqtlaridayoq
Omidyar dasturlash bilan
kuchli qiziqa boshlagandi.
1988 yili u kompyuter
bo'ycha fanlarni o'rgangan
Taftning xususiy
universiteti "Tufts
University" ni tugatdi.
Universitetdan so'ng,
Omidyar "Claris"
kompaniyasiga dasturchi
bo'lib ishga kirdi, keyinroq
esa u do'stlari bilan "Ink
Development Corp."
kompaniyasini tashkil etdi,
u so'ngra "eShop" etib
qayta nomlandi. Pyer
"eShop" ni "Microsoft"
kompaniyasi sotib
olganidan so'ng, General
Magic kompaniyasida
ishladi.
Ishdan bo'sh paytlarida u,
o'sha paytlarda
"AuctionWeb" sifatida
ma'lum bo'lgan
"eBay"
loyihasi bilan shug'ullana
boshladi.
"eVau" avvaliga
mutlaqo ermak sifatida
yaratilgan edi va birinchi
paytlarda barcha xizmatlar
butunlay bepul edi.
Ammo 1996 yilning fevral
oyida Internet-provayder
Omidyarni sayti juda ko'p
traffik talab etayotgan
to'g'risida ogohlantiradi.
Omidyarga mijozlardan
uncha katta bo'lmagan
to'lov olishiga to'g'ri keldi
- avvaliga bu noroziliklarni
keltirib chiqardi va
mijozlar soni kamaydi.
Bugun "eBay" platformasi
dunyoda birinchi o'rinda
turadi va ham jismoniy,
ham yuridik shaxslarga
savdo amaliyotlarini
amalga oshirish imkonini
beradi.
Omidyarga kompaniya
aktsiyalarining 31,2% foizi
tegishli. Ularning narxi
kunlarning birida 3
martaga oshib ketdi, yarim
yil ichida esa 25 martaga
oshdi. Bu Omidyarga 4,8
mlrd. dollarlik boylik
keltirdi. Milliarder
bo'lganidan so'ng Omidyar
sekin -asta kompaniya
ishlaridan yiroqlashdi.