Qiziqarli Tuxumlar
______________________
Ruminiyaning Oraz shahrida
antiqa muzey ochilgan. Uning
kolleksiyalari faqat
tuxumdan iborat. Bu yerda
siz 80 ta davlatdan
keltirilgan 700 ta tuxumni tomosha qilishingiz mumkin.
Eksponatlar ichida eng
kichkina 13 millimetrli
chittak tuxumidan tortib, 152
milllimetrli tuyaqush
tuxumlarigacha bor. Buyuk Britaniyalik 105 yoshli
Persi Errousmis va uning 100
yoshli xotini Florens 2005 yil
1 iyunda to'ylarining 80
yilligini nishonlab, "Rekordlar
kitobi"ga kirishgan. Tuya bir yo'la 250 litr suv
ichadi. "Dinozavr" so'zi "dahshatli
kaltakesak" degan ma'noni
anglatadi. Ularning eng uzuni
diplodok, eng balandi
bronxiozavr, eng kichigi
kompsagnataus, ung og'iri ultrazavr hisoblanadi. Mashhur Fransuz yozuvchisi
Aleksandr Dyuma 1858 yilda
Kavkazga sayohat qiladi va
bu yerda kabob yeb ko'rib,
juda lol qoladi. kavkazcha
kabob pishirishni o'rganadi va Fransiyaga qaytgach,
gazetalarda e'lon qilib
hammaga o'rgatadi.
Kavkazcha kabobning sixi bir
metr keladigan uzun bo'ladi
va uning nomi fransizcha "Shampur" bo'lib, "miltiq
tozalaydigan sim" degan
ma'noni anglatadi. A.Dyuma
sabab bo'lib, bu kabob
Fransiyadan Italiyaga,
Ispaniyaga va undan Amerikaga ham tarqaladi. Karamning vatani Ispaniya
ekanligini bilarmidingiz?
Uning dastlabki nomi
"ashcha" bo'lib, ruscha nomi
"shchi" taomining nomi
shundan kelib chiqqan. Karam keyinchalik
Yunoniston va Misrga ham
tarqalgan. Qadimgi rim va
lotin tilida bu sabzavotlarni
"kaputa" ya'ni kalla deb
atshgan.