QIZLAR BILAN QANDAY TANISHISH
KERAK?
_____________________
Qizlar bilan ilk marotaba
tanishganda shunday hatoliklarga
yo`l qo`yamiz-ki, keyinchalik bular
bizning munosabatlarimizga o`z
ta`sirini o`tkazmay qolmaydi.
Albatta, ko`pchilik bunday
holatlarni yuzlarida tabassum bilan
yodga olishadi. Lekin bu holatdan
doimo ham kulgu bilan chiqib keta
olmaysiz. Shu sababli qizlar bilan
tanishishdan avval quyidagilarni
bilib o`lsangiz o`zingizga foyda
bo`ladi.
1. O`ZINGIZNI MUHABBAT ASIRIGA
AYLANTIRMANG
U haqda kamroq o`ylang.
Hayolingizda uning tasvirini
chizishni ham bas qiling. Ayolga
sizning fikrlaringizni band etishga
imkoniyat bermang. Agar shunda
ham muhabbat dardiga duchor
bo`lsangiz, unga buni bildirmang.
Albatta, ayollarda ichki hissyot juda
rivojlangan. Bu sizga qiyin bo`lishi
mumkin. Agar u sizning yaxshi
ko`rishingizni payqasa, bu sizga
jarima bo`ladi. Ayollar bilan
bo`ladigan aloqalarning barchasini
yakkama-yakka o`ynladigan
o`yinga qiyoslash mumkin. Siz
keyingi uchrashuvlarni hayajonga
berilmagan holda rad eting. Unga
ko`p qo`ng`iroq qilmang. Siz
qilayotgan qo`ng`iroqlar soni u
sizga qilayotgan qo`ng`iroqlar
sonidan ortib ketmasin. Ammo,
ataylab qilayotganingizni
sezdirmaslikka harakat qiling.
Yodda tuting: agar bu qism
shartlarini bajarmasangiz, qolgan
shartlar o`z kuchini yo`qotadi!
2. AYOLNI YAXSHILAB O`RGANIB
CHIQING
Siz o`zingiz uchun yangi yo`nalish
toping. Qizni "skaner" qilib,
"rentgen"dan o`tkazib o`rganing.
Muhimi uning qalbiga yo`l toping.
Uning qiliqlari, qiziqishlari, yomon
ko`rgan narsalarini bilib oling.
Agar u termush qurgan bo`lsa,
extiyot bo`ling. Eng asosiysi uning
turmush o`rtog`ini yomonlamang.
Yaxshisi uni himoya qilishingiz
to`g`risida ikki og`iz gapirib
qo`ying.
3. TASHQI KO`RINISHINGIZGA
E`TIBORLIROQ BO`LING
Tashqi ko`rinish o`zaro aloqalar
o`rnatishda muhim rol o`ynaydi.
Agar ayol sizga "erkak kishi
maymundan farq qilsa bo`ldi",
desa, ishonmang! Albatta, go`zallik
bu nisbiy tushuncha. Agar sizdab
ter hidi kelib tursa yoki
tirnoqlaringiz osti kir bo`lsa,
yaxshisi siz tanishish haqida
o`ylamang.
Kiyim ham bu borada muhim
unsur hisoblanadi. Hayotda avval
soatini, keyin botinkasini, so`ngra
yigitning o`zini yoqtirib qolgan
hodisalar ham uchragan. Biroq
kiyimga katta e`tibor berish ham
talab etilmaydi. Muhimi ular toza va
o`zingizga yarashib turadigan
bo`lishi lozim.
4. "ERKAK BO`LING"
Xarakteringizga katta e`tibor
qarating - qiyin vaziyatlarda his-
hayajonga berilmasdan, hazil bilan
vaziyatni yumshating. Jiddiylikni
saqlang. Mimikangizning holatiga
ham alohida e`tibor bering. Ayollar
masxaraboz erkaklarni
yoqtirishmaydi. Qizni turli laqablar
("mushukcham" va boshqalar)
bilan atamang. Yengiltaklik,
bolalarga hos qiliqlar qilmang.
Agar u sizga "Huddi yosh bolaga
o`xshaysiz-a", desa, tamom.
Munosabatlaringizni yaxshilash
yo`llarini qidiravering.
Ayollar aqlli erkaklarni yoqtirishadi.
Lekin siz buni suyiste`mol qilmang.
Uning fikrlarini o`zingizning "temir
mantig`ingiz" bilan bo`lmang. Bu
holat munosabatlarga yomon
ta`sir o`tkazadi.
5. ZIQNALIK QILMANG
Ayollar ziqna erkaklarni hush
ko`rishmaydi. Agar sizda moliyaviy
muammolar bo`lsa, go`zal
xonimlar haqidagi orzularingizni
unuting. Cho`ntagingizga pul
tushsa, o`zingizga yaqin bo`lgan
qizni restoranga taklif qiling. U
yerda unga eng qimmat
taomlardan totib ko`rishni
maslahat bering. Statistika
ma`lumotlariga ko`ra bunday
sahiylikka mahliyo bo`lgan ayol,
biron-bir arzonroq taomga
buyurtma berishi aniqlangan.
Ko`plab arzon sovg`alarga ovora
bo`lmasdan, bitta qimmatini
sovg`a qiling. Siz ayolga o`z
qarashlaringizdan kelib chiqib
emas, balki uning ko`nglidagi
narsani sovg`a qilishga harakat
qiling.
Shuni unutmang-ki, ortiqcha
qilingan harajat ham qizning
ko`nglini sovutib qo`yishi mumkin.
Agar sizlar taksiga o`tirib, unga
keragidan ko`p pul bersangiz, siz
haqingizda qiz quyidagilarni
o`ylashi mumkin:
- Ahmoq, bu pul bilan yarim kun
aylansa bo`lardi.
- U taksida juda kam yuradi.
- U savdolashishni bilmaydi, u bilan
uzoqqa borib bo`lmaydi.
- U mening yonimda o`zini
shunday tutyapti. Demak,
tushunchasi yaxshi emas ekan.
6. UNI TINGLANG VA AKSINI
BAJARING
Gap shundaki qizlarning
ko`pchiligi o`zlari o`ylayotgan
narsaning reskarisini so`rashadi.
Agar biror qiz sizni hech qachon
sevib qolmasligini aytsa, bu
haqiqat bo`lishi mumkin. Lekin,
ko`p hollarda buning aksi bo`lib
chiqadi.
7. ALOQALARGA ANIQLIK
KIRITISHGA HARAKAT QILMANG
Qiz sizni sevadimi-yo`qmi, bilishga
harakat qilmang. Undan bugun
nega kayfiyati yo`qligini, shirin
so`zlar bilan sizni siylamayotganligi
haqida so`ramang. Biror marta
bunday suhbat sizlarning
boshingizdan o`tgan bo`lsa, butun
umrga yutqazdim deb
hisoblayvering.
8. UNGA MASLAHAT BERMANG
Har qanday holatda ham ayollarga
maslahat bermang. Qanday
bo`yanadi, qanday kiyinadi, o`zi hal
qilsin. Buni u o`ziga nisbatan
haqorat deb qabul qilishi mumkin.
