Ranglar
______________________________
Ranglar haqida:

Ranglar web sahifamizga o'zgacha ko'rk berib turadi, matnimiz rangi, web sahifamizning rangi hamma hammasi juda ahamiyatga ega. Web sahifa yaratishda biz rang tanlashning uch hil yo'lini qo'llaymiz, quyida har biriga alohida to'htalamiz. Hamma ranglar uchta rangning aralashmasidan kelib chiqadi. Bu uchta rang RED, GREEN, BLUE (qizil, yashil, ko'k). Bu uchala ranglar, har biri o'zining "Hexadecimal" (batafsilroq quyida) qiymatlariga ega, uni "rang kodi" deb atasak ham bo'ladi. Ranglar hamisha qo'shtirnoq ichida tasvirlanadi kod holatidami, so'z holatidami farqi yo'q. Agar hexadecimal kodi orqali tasvirlansa ulardan oldin "#" (hash-resho'tka) belgisi qo'yiladi, yani ="#F7EEDF" biroq so'z bilan tasvirlansa # kerak emas ="red". Yana muhim jihatlardan shuki, ranglarni o'ziga qiymat sifatida qabul qiladiga attributelar juda ko'p va har hil.

  

I) Ranglarni so'z bilan tasvirlash:

Ranglar agar so'z bilan tasvirlanadigan bo'lsa unda ular o'zlarinig Ingiliz tilidagi nomlanishlari bilan "_" ichida keladi. Ranglar har hil tag va attributelar bilan kelishi mumkin.

Quyida ko'p ishlatilinadigan ranlarni ingilizcha nomalri, ranglarni Ingiliz tilida 150 yaqin nomlanishi bordir.
Masalan:
aqua	osmon rang
black	qora	 	
yellow	sariq	 	
white	oq	 	
blue	ko'k	 	
brown	jigar rang 	 	
red	qizil	 	
green	yashil	 	
purple	pushti	 	
magenta	och pushti 	 	
cyan	och ko'k 	 	
gray	kulrang	 	
maroon	qo'ng'ir	 	
olive	och yashil 	 	
navy	to'q ko'k 	 	
teal	 	 	
silver	kumush 	 	
fuchsia	 	 	
lime 	och yashil

II) Ranglarning tag va attributelari:
<body bgcolor="aqua" text="black">....</body> - web sahifaning orqa foni va matning rangi uchun. 
<font color="yellow">...</font> - muayyan bir matnning rangini o'zgartirish uchun. 
<td bgcolor="brown">...</td> - jadval kataklariga rang berish uchun 
<table bordercolor="green"> - jadval chiziqlariga rang berish uchun 
va hokazo bular juda ko'pdir hammasini sekin sekin kelgusi darslarimizda amaliyotda ko'rib chiqamiz.

III) "Hexadecimal Son Tizimi" haqida

Hexadecimal Number System - Hexadecimal Son Tizimi bu komputer tilida son sistemasining to'rtinchi guruhi hisoblanadi 16 asosga ega bo'lgan, yani 16 ta (0 dan F gacha) son qatnashadi. Undan yuqorida birinchi son tizimi "binary" deb ataladi 2 asosga ega (0 va 1 qatnashadi), keyin "octal" 8 asosli (0 dan 7 gacha sonlar), va "decimal" 10 asosli (0 dan 9 gacha). Bu qolgan son tizimlari haqida bilishingiz web sahifa yaratish uchun hozircha muhim emas, chuqurroq dastur yaratishgacha kiradigan bo'lsangiz ular juda qiziq va asosiy funksiyalarni bajaradi shu bilan birga murakkabhamdir. Biz hozir faqat Hexadecimal son tizimiga to'htalamiz. 

Hexadecimal qanday son tizimi?

Hexadecimal sonlari 0 dan 15 gacha qiymatlarga ega, 0 sonini o'z ichiga olganda 16 ta songa egadir. Ohirgi oltitasi Lotin alifbosining birinchi olti harflari bilan belgilanadi, yani A, B, C, D, E, F bu harflar mos ravishda 10, 11, 12, 13, 14, 15 sonlariga teng. Harflarning katta yoki kichik harflar bilan yozilishining ahamiyati yo'q. 

Hexadecimal sonlar: 0; 1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8; 9; A; B; C; D; E; F; 

Oddiy tartib sonlar: 0; 1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8; 9; A=10; B=11; C=12; D=13; E=14; F=15;

AA=11*11=121

AB=11*12=132

AC=11*13=143

AD=11*14=154

AE=11*15=165

AF=11*16=176

Hexadecimal tartib raqamida eng katta son FF dir. F harfining qiymati 15 ga teng bo'lgani bilan 16- raqam hisoblanadi shuning uchun FF (16x16=256) demakdir. Shuning uchun har qanday rangimizning eng to'q qiymati "FF" ga teng yani rangdan to'la foydalanildi, "0" esa umuman u rangdan ishlatilinmadi dega ma'nomi beradi. Hexadecimal kodlari rangni tasvirlaganda 6 ta raqamdan iborat bo'ladi. Birinchi 2 ta raqam Qizilni tasvirlaydi, keyingi ikkita raqam, Yashilni ifodalaydi, so'nggi 2 ta raqam ko'k rangini ifodalaydi. yani #QQYYKK. Jami ranglar soni juda ko'pdir, yani agar Qizil to'la (FF) holda ishlatilinsa, Yashil to'la (FF) holda ishlatilinsa, va Ko'k rangimiz to'la (FF) holda ishlatilinsa #FFFFFF holatga kelganda shunda #FFFFFF teng bo'ladi 16*16*16*16*16*16=166 = 16 777 216 hil rang bo'ladi. 16 777 216 chi rangimiz oqdir. Agar hech qaysi ranglardan ishlatilinasa #000000 bo'ladi va natija qora rang.
#000000 = Black 
#FF0000 = Red 
#00FF00 = Green
#0000FF = Blue 
#FFFF00 = Red + Green = Yellow 
#FF00FF = Red + Blue = Magenta 
#00FFFF = Green + Blue = Cyan 
#FFFFFF = Red + Green + Blue = White 
#808080 = Gray 
#800000 = Maroon 
#800080 = Purple 
#008000 = Darker Green 
#808000 = Olive 
#000080 = Navy 
#008080 = Teal 
#C0C0C0 = Silver

IV) rgb(255,0,0) rang tizimi 

Ranglarni yana muayyan bir attributedan so'ng qo'shtirnoq ichida ="rgb(0,0,255)" ko'rinishida ham tasvirlasa bo'ladi rgb (red, green, blue) deganidir qavs ichidagi sonlar esa ularning mos ravishdagi qiymatlari ular orasida vergul qo'yish shart joy tashlash shart emas. rgb(0,0,256) degani red-qizil rangdan ishlatilinmadi, green-yashil rangdan ham ishlatilinmadi, blue-ko'k rangdan esa to'la qonli foydalanildi demak rangimiz natijasi asl "ko'k". Har bir rang 0 dan 255 gacha qiymatlarni o'z ichiga oladi.