RGB  haqida
_____________________
Rgb ranglar Bu sahifada sizga Htmlda qo'llaniluvchi Rgb ranglaring mazmuni yoki ularning mohiyatini batafsil tushuntirib o'taman.
Ho'sh RGB ranglar qanday ranglar? Bu savolga javob berish uchun avval "RGB" qisqartmasi nimani anglatishni tushintirish lozim!
R G B inglizcha rang nomlarning bosh harflaridir. Yani:
Red -qizil
Green- yashil
Blue- ko'k
Aynan manashu RGB qisqartmasini, rgb ranglar mazmuni deyish mumkin. Yani qizil -yashil -ko'k ranglardan olingan mos miqdordagi ranglarni aralashmasi.

Tasavvur qiling sizda ushbu ranglardan mos miqdorda 1 litrdan bor.
Siz ushbu ranglarni bir biriga, har hil miqdorlarda aralashtirish natijasida bemalolboshqa istalgan ranglarni hosil qilishingiz mumkin!!
Htmlda ham huddi shunday.
Yani uni mahsus kod orqali, qaysi randan qancha miqdorda qo'shishni ko'rsatib, yangi ranglar hosil qilinadi.

Bunda bo'yash(font) buyrugidan so'ng "#" (panjara) belgisi va rangning 6ta raqam bilan belgilangan kodi kiritiladi. (#xxxx xx)
Bunda ushbu kodda keltiriladigan birinchi va ikkinchi raqamlar mos ravishda, qizil rang miqdorini anglatadi.
Keyingi ikki raqam esa yashil rang miqdorini anglatadi.
Tabiyki qolgan ikki raqamlar, ko'k rang ulushidir.
Ranglarni ifodalashda raqamlarva ingliz alifbosida joylashgan harflardan foydalaniladi.

Raqamlar: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 jami 10ta
Harflar: a, b, c, d, e, f jami 6 ta
Rangni bildirishda katta va kichik harflarning ahamiyati yo'q.(yani f=F;E=e;A=a...vhk)
Rang kodi mos ravishda ff danboshlanib, kamayib borish tartibida, 00 bilan tugaydi.
Yoki aksincha 00dan boshlanadi va ortib borish tartibida ff bilan tugaydi. (buni judayam ahamiyati yo'r)

Diqqat qiling!! Rang kodi quidagi tartibda kamayib boradi: Ff => fe => fd =>fc => fb => fa => f9=> f8 => ...... => F2 => f1 => f0 => ef => ee => ed =>........=> ea => e9 => e8 => e7=> e6 => e5 => e4 => e3 => e2 => e1 => e0 => df => ....=> cf => .... => bf => .... => af =>.....=> 9f =>.......=> 8f=> ......00;

Yani harflar va sonlar rangni belgilashda tartib bilan va aralash keladi. Harflar tugaganda sonlar, sonlar tugagandan keyin harflar keladi.
Demak, agar biz ranglarni ifodalashni, 00 nuqtada boshlasak u holda rang quidagitartibda ortib boradi. 00 => 01 => 02 => 03 => 04 => 05=> 06 => 07 => 08 => 09 => 0a => 0b => 0c => 0d => 0e=> 0f =>10 => 11 => 12 => 13 => 14 =>........=> 20 => 21=> 22 =>.... => 2a => 2b => 2c => 2d => 2e => 2f => 30=> ...=> 3f =>....=>4f =>....=>5f =>....=> 6f =>.......=> 7f=>.......=> 8f =>........=> 9f =>......ff;

Amalda bir biridan bir raqam yoki harfga farq qiladigan ranglar deyari qo'llanmaydi.
Sababi, oddiy bu ranglar ko'rinishi bir biriga, juda ham yaqin. Bir birdan juda kam farqqiladi. Ularni ko'zimiz deyarli bir hil ko'radi.

ff rangdan eng ko'p olinganini,00 olinmaganini anglatadi.
Tushunarliki: #ff ff ff bu oqni,
#00 00 00 esa mos ravishda qorani bildiradi

M-N: biz yashil rangni ko'rsatmoqchi bo'lsak, u holda mos ravishda #00FF00 kodidan foydalanamiz.
Yani qizil olinmaydi:
yashil 100% olinadi:
ko'k olinmaydi.
Qolgan barcha ranglar ham aynan manashu uslubda hosil qilinadi.

Aytaylik bizga qizil rangni boshqacharoq turi kerak. Ho'shuni qanday hosil qilamiz?
Qizil rang kodi #ff 00 00
Ushbu rang kodini qizilga tegishli bo'lgan qismiga tegmay, balki yashil va ko'k ranglardan ozroq, ozroqdan qo'shib boramiz. Natijalar:
#ff 00 00 → #ff 12 00 → #ff 12 30 → #ff ab 00 → #ff bc de → #ff f0 ad → #ff bafb ..vhk;

rang tarkibida, biz qanchalik yashil va ko'k ranglarulushini orttirsak, shunchalik oq rangga yaqinlashib boramiz!
Aslida htmlda umuman barcha rang bilan bog'liq dasturlash tillarida, hech qanday rangdan foydalanilmaydi, faqat uning kerakli kodi kerakli tarzda kiritiladi holos.
Mana shu kodni, masalan brauzer, aynan shu kodga asosan ranglantirib ekranga uzatadi. Ranglarning hilma -hiligini, ko'rsatish asosan brauzer imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Rgbda ranglarni ko'rsatish imkoniyatlari juda ham keng. Har bir rangni o'zini 250dan oshiq turi bor.
Bundan tashqari ingliz tilidagi barcha rang nomlari, htmlda rang ko'rsatish uchun misol bo'la oladi.(ayrimlarini o'zbekcha tarjimalari ham yo'q)

Agar siz rgb ranglari bilan ishlashni o'rganib olsangiz bu sizga wap va web sahifa yaratishda juda qo'l keladi.
RGB rang sxemasidan tashqari CMYK, HLS va boshqalar ham bor. CMYK ko'proq tipografiyada ishlatiladi.
RGB da 3 la rang (qizil, yashil va ko'k) 0 dan 255 gacha miqdorda bulishi mumkin. Nafaqat html da , balki umuman komp ekranidagi hamma nuqtalar rgb asosida ifodalanadi. HTML da rgb rang 16 lik sanoq sistemasida beriladi. 
Ho'sh 16 lik sanoq sistemasi nima?
Biz kundalik hayotda ishlatadigan sistema 10 lik sanoq sistemasidir. Ya'ni, faqat 0 dan 9 gacha raqamlar bor, ihtiyoriy son shu raqamlar yordamida hosil qilinadi. 16 lik sistemada esa 10 ta raqam emas, 16 ta raqam buladi. Faqat 9 dan katta raqamlar o'rniga A dan F gacha bo'lgan harflardan foydalanamiz. 10 lik sistemada:
00 01 02 03 .. 09 10 11 12 13 14 15 16 17
16 likda:
00 01 02 03 .. 09 0A 0B 0C 0D 0E 0F 10 11 12 .. 

10 lik sanoq sistemasidagi sonni 16 likka utkazish. Masalan 218 soni 16 likka quyidagicha utkaziladi.
218/16 = 13 (qoldiq 10)
13 raqami 16 likda D ga to'g'ri keladi. 10 esa A ga. Demak 218 ni 16 likdagi kurinishi : DA bo'ladi.
Yoki 185 soni:
185/16 = 11 (qoldiq 9).
Natija: B9.

Demak 10 lik s/sistemasidagi sonni 16 lik s/sistemasiga utkazish uchun usha son 16 taga ketma-ket bo'lib boriladi (16 dan kichik natija hosil bo'lgunga qadar) va har bir bo'lishdan keyingi qoldiq yozib boriladi. Oxiridagi natija va qoldiqlar teskari yo'nalishda yozilsa shu usha sonni 16 likdagi kurinishi bo'ladi. Yana bir misol: 758
758/16 = 47 (qoldiq 6)
natija (ya'ni 47) 16 dan kichik emas, shuning uchun yana bo'lishda davom etamiz (chunki bizda faqat 15 ta raqam bor xolos - 0, 1, 2, .., E, F gacha)
47/16 = 2 (qoldiq 15)
ana endi natija 16 dan kichik, sonni 16 lik kurinishini yozishimiz mumkin: 2F6
2- bu oxirgi natija, F (15) va 6 esa qoldiqlar.
758 = 2F6 (16 likda).

16 likdan 10 likka utkazish ham oddiy:
2F6 = 2*(16^2)+15*(16^1)+6*(16^0) = 758
(^ - darajaga kutarish belgisi). 
1A02 = 1*(16^3)+10*(16^2)+0*(16^1)+2*(16^0) = 6658

16 likdan tashqari 2 lik sistema ham kup kerak bo'ladi. Bunda ham 2 likdan 10 likka utkazish yoki aksi yuqoridagi kabi amalga oshiriladi. Faqat 2 likda 2 ta raqam buladi xolos (0 va 1)