Sergey Brin: Google
qidiruv tizimining
hamasoschisi
______________________________
Brin Sergey
Mixaylovich
, dunyodagi
eng yirik qidiruv tizimi
Google ning hamasoschisi,
Moskvada 1973 yil 21
avgust kuni dunyoga
keldi . Otasi Mixail
Izrailevich, Matematikaviy
iqtisodiyot intstitutida
ishlagan, onasi Yevgeniya
Brin ko'p sonli ITI laridan
birida muhandis bo'lgan
edi. Brinlar 1979 yili
AQShga ko'chib ketishdi.
Mixail Brin Merilend
universitetiga ishga kirdi,
Yevgeniya Brinni esa
NASAga qabul qilishdi .
Sergey Brin boshlang'ich
maktabni Adelfi
shaharchasida, o'rta
maktabni esa Grinbeltda
tugatdi. O'g'lining
matematika va
hisoblashlarga qobiliyatini
payqab, otasi unga 9
yoshida shaxsiy kompyuter
sovg'a qiladi. O'rta
maktabni tugatib, Sergey
Brin 1990 yilda Merilend
universitetining
matematika fakultetiga
kiradi va 1993 yili
informatika va
matematika bakalavri
darajasini oladi. O'sha yili
yosh bakalavr Massachuset
texnologiya institutiga
kirishga harakat qiladi, u
rad javobi olgandan so'ng
-Stenfordga kirdi va 1995
yili magistr bo'ldi Ammo
magistr darajasini
olganidan so'ng ham Brin
tahsilni to'xtatmadi.
Doktorlik dissertatsiyasi
ustida ishlagan payti
Sergey Brin o'zi kabi
doktorlik darajasi
olayotgan Lerri Peyj bilan
tanishadi. Yoshlar tezda
do'stlashib olishadi.
Bundan tashqari ularda
umumiy qiziqish mavjud
ekanligi ham ma'lum
bo'ladi. Masalan, ular
tarmoqda saqlanayotgan
axborotni tartibga solish,
qidirish va taqdim etish
muammosi yoki qidiruv
tizimlarining qurilishi
qoidalari bo'yicha
izlanishlar olib borishgan
edi. Brin va Peyj birgalikda
ish olib bora boshlashdi,
va Sergey ranjirlash va
havola massasini hisoblab
chiqish algoritmlarini
ishlab chiqdi, Lerri Peyj esa
tarmoq qidiruvining yangi
kontseptsiyasi muallifi
bo'ldi. 1997 yilning
sentyabr oyida google.com
domen nomi ro'yxatdan
o'tkazildi. Yangi turdagi
qidiruv tizimi qurilishining
umumiy postulatlari va
qoidalarini yigitlar sota
olishmadi va o'zlari ishlab
chiqqan narsani hayotga
mustaqil tatbiq etishga
qaror qilishdi.
Google kompaniyasining
birinchi datamarkazi
ijaraga olingan garaj
bo'ldi, birinchi
sarmoyadorlar -
qarindoshlari, do'stlari va
tanishlari, jumladan, Sun
Microsystems
kompaniyasining
hamasoschisi Endi
Bextolsxaym bo'ldi. 1998
yili akademik ta'til
olishgan Peyj va Brin
Google kompaniyasini
ro'yxatdan o'tkazishdi. Shu
yili Sergey Brin Lerri Peyj
bilan hamkorlikda "Yirik
ko'lamli gipermatnli veb-
qidiruv tizimining
anatomiyasi" ilmiy
maqolasini e'lon qiladi. Bu
maqolada Google qidiruv
dvijogining harakati
qoidalari tar'riflab
berilgan. Va bu hozirgi
kunga qadar bu
mavzudagi eng teran
mehnatlardan sanaladi.
Qidiruvning ajoyib
natijalari Google qidiruv
tizimini mashhur qilib
yubordi. 1999 yili
kompaniya yirik
sarmoyadorlar e'tiborini
o'ziga tortdi. Sergey Brin
Google ni asosiy xizmati
qidiruv mexanizmi birinchi
navbatda reklamani
namoyish qilish emas.
balki sifatli izlashga
qaratilgani deb hisoblaydi.
Aynan Brin Google
kompaniyasining shiorini
o'ylab topdi: "Yomon
niyatli bo'lma! - "Do not
be evil!".
Avvaliga Brin qidiruv tizimi
faoliyatidan foyda olishni
o'ylamagan edi, ammo
qidiruv  natijalariga
muvofiq reklama
tanlashning maxsus tizimi
katta daromadning
manbasiga aylandi. 2001
yili Sergey Brin
kompaniyaning
texnologiyalar bo'yicha
prezidenti bo'ldi, bu
davrda ijrochi direktor
lavozimiga Erik Shmidt
keldi. 2003 yildayoq
Google tarmoq qidiruvi
sohasida yetakchiga
aylanadi, bir yildan so'ng
esa kompaniya asoschilari
Brin va Peyj ABC kanalida
"Hafta kishilari" deb
ataldi.
Google aktsiyalarining
birjada (IPO) sotilishi Brin
va uning hamkorini
milliarderlarga aylantirdi,
2009 yil yakunlariga ko'ra
Sergey Brin, Lerri Peyj kabi,
sayyoraning eng boy
odamlari ro'yxatida
Microsoft kompaniyasining
bosh direktori Stiv
Balmerni quvib o'tib, 26-
o'rinda turibdi. Sergey Brin
o'ziga xos ekstsentrik
hatti-harakatlari bilan
ham ajralib turadi.
Masalan, u shaxsiy
maqsadlarda shaxsiy
Boeing 767 samolyotini
ishlatadi, fazoga uchishni
orzu qiladi va dunyoda
birinchi shaxsiy
yulduzuchar qurgan
odamga 20 mln va'da
qilgan. Mana, dunyodagi
eng yirik qidiruv tizimining
asoschilaridan biri, 12 dan
ortiq ilmiy ishlar muallifi,
milliarder va olim, Moskva
shahrida tug'ilgan Sergey
Brinning qisqacha tarjimai
holi 
Bu maqola bilan sizga foydamiz tegsa biz bundan hursandmiz. 