Sayt ochish umumiy falsafa
______________________________
 Bu mavzu nega ochildi deb savol berishingiz mumkin. Chunki sayt ochishni deyarli ko`pchilik biladi. Lekin internetda sayt tushunchasiga hali yaxshi tushunmagan va sayt ochishni nimadan boshlashni bilmayotgan shaxslar uchun ushbu mavzu ayni muddao. Demak, saytlar bu internet olamidagi uylar desa ham bo`ladi. Har bir uyda honalari bo`lgani kabi saytlarda ham ma`lum bir hizmatni o`tovchi sahifalar uylar deyiladi. Siz yangi uy sotib olish uchun ma`lum idoraga barcha qonuniy hujjatlarni yig`ib barcha qoidalarga rozi bo`lganingiz kabi sayt ochish uchun ham ma`lum idorada albatta internet olamidagi idoraga borib saytingizni o`z nomingizga o`tkazasiz va shunan keyingina bu sizni shaxsiy mulkingiz bo`ladi. Biz bilamizki uyni ro`yhatdan o`tkazish uchun boriladigan idora bu notarius va advokatura. Internet olamida esa bu kabi idoralar Xosting yoki Konstruktor deyiladi ya`ni sizni saytingiz joylashgan manzil. Masalan siz Shayxontoxur ko`chasidan uy sotib oldingiz. Internetda bo`lsa siz Qandaydir xosting misol uchun biz.uz dan akkaunt ochdingiz degani kabi.
 Siz DOM va Dala Hovlini farqiga borasiz. Dala hovli bo`m bo`sh bo`lib uni boshidan o`zingiz hohlagandek ko`tarasiz va hohlagancha bezak va keng imkoniyatlar orqali hohlagan ishingizni shu hovlida bajarasiz. DOM da bo`lsa tayyor 3-4-xonali uy beriladi va shu uyga siz faqat bezak bera olasiz, unga qo`shimchalar kirita olasiz. Internet olamida DalaHovli va DOM - Xosting va konstruktorlar ga judayam o`xshab ketadi. DOM - bu konstruktor

 DalaHovli - bu Xosting. Xostingda siz saytingizni xoxlagan ko`rinishga va xoxlagan vazifa ostida ishga tushirasiz. Konstruktor esa skriptlar ijrosini qo`llamagani sababli siz fundamentni emas faqat tashqi ko`rinishni o`zgartira olasiz.
 nternetda sayt ochish uchun avvalambor saytga "joy" tanlashingiz kerak. Yoki Xosting yoki konstruktor. Tanlangan joydan ro`yhatdan o`tish orqali siz o`z saytingizni butun jahon to`riga tushirasiz. Saytingizdan foydalanayotgan foydalanuvchilar sizga huddi uyingizga kelgan mehmonlar kabidir. Ular o`zlari bilan ma`lumot olib kirib kerakli ma`lumotni olib chiqib ketishadi. Saytingizga bezak berishda huddi uyingizga bezak bergandek ayamasdan bor imkoniyatlardan foydalanib hamda bachkana qilmagan holda bezating. Bu saytga stil qo`yish deyiladi.
 Endi esa tasavvur qiling uyingizda televizor buzilib qoldi. Siz televizorni ikki xil usulda tuzatishingiz mumkin:

 1) Maxsus soxada ishlaydigan shaxsni chaqirib pulga tuzattirish

 2) Elektriklik bo`yicha ozgina bilimga ega bo`lib o`zingiz tuzatishingiz ham mumkin. 

 Nega bu misolni keltirdim chunki saytda ham huddi shunday agar biror yangi narsa qo`shmoqchi yoki eskisini tuzatmoqchi bo`lsangiz uning uchun maxsus bilimga yoki kerakli darajada kapital(pulga) ega bo`lishingiz kerak. Huddi elektrik, santexnik hullas uy xizmatlarini bajaradigan erkak yoki ayol bo`lish uchun shu xizmatlardan bilim olganingiz kabi sayt tuzish va boshqarishda php, html, css, js kabi bilimlardan habardor bo`lishingiz lozim
 Sayt ochildi va u ishlayapti lekin negadir unga kelayotgan foydalanuvchilar kam ? Siz saytingizdagi foydalanuvchilarni ko`paytirish uchun boshqa saytlarga reklama berishingiz lozim, huddi o`z qarindoshlaringizga "Biz yangi uy oldik" deb xabar bergandek. Uyingiz kir bo`ldi va siz uni tozalashingiz lozim, tozalash uchun changyutgich va kir yuvish mashinasi bo`lishi kerak va shu vositalar yordamida siz uyingizni epaqaga keltirib olasiz. Internetda ham bu kirlar "Spamm"lar deb ataladi ya`ni keraksiz xabarlar siz ham shu spammlardan o`z saytingizni ma`lum dasturchada yohud skriptda tozalashingiz mumkin.
 Endi daromadga kelsak, agar siz hech qayerda ishlamay oilaviy daromadga foyda olib kelmasangiz siz albatta qarzga botib uyingizda ayrilishingiz mumkin. Chunki bu yerda gaz,svet,soliqlar barchasi axir pulku ?, Internetda xam ko`pgina xostinglar pulga o`z xostinglaridan joy berishadi va siz belgilangan narxda ularga oyiga pul to`laysiz. Agar pul to`lay olmasangiz siz saytingizdan ayrilasiz. Haytoda ishlagani kabi internetda ham "ishxonalar" bor ular multsistema, klik-klub va h.k lar deb ataladi. Siz u yerdan ro`yhatdan o`tib o`z saytingiz orqali daromad olishingiz mumkin va harajatlarni shu orqali yopishingiz mumkin.
 Endi PR ga kelsak : PR bu sodda qilib aytganda sayingizni boshqa saytlarga nisbatan hurmati yoki butun jahon to`rida orttirgan hurmati. Agar hayotda sizning hurmatingiz baland bo`lsa sizdan quyiroqda turganlar sizga hurmat bilan murojaat etishadi. Masalan hayotda siz advokatsiz. Agar hurmatingiz boshqa advokatlarnikiga qaraganda baland bo`lsa sizning xizmat xaqqingiz va klientlaringiz ham ko`p bo`ladi. Internetda ham shunday, faqat saytingiz hurmati PR bilan o`lchanadi. PR qanchalik baland bo`lsa saytingizga joylashtirgan boshqa saytlarni reklamasini narxi xam shunchalik baland bo`ladi.

 Ana shu maqolani o`qib yaxshilar tushunsangiz siz kerakli darajada mustaxkam fundamentga ega bo`lasiz. Fikrlarni kutib qolaman.