Tamakiga qarshi chora
_____________________
Tamakiga qarshi chora
Avstraliyada tamaki ishlab
chiqaruvchilarga sigareta
qutilarida o`z logotiplaridan
foydalanishni man qilish
rejalashtirilmoqda. Bundan
tashqari, qutilarning barchasi
faqatgina yashil rangda
bo`ladi. Yangi qonun
loyihasida aynan shunday
choralar ko`zda tutilgan.
Takidlanishicha mazkur
rangning tanlanishi bejiz
emas. So`rovlarga ko`ra,
yashil kashandalarning eng
yomon ko`rgan rangi ekan.
Ishlab chiqaruvchilar
logotiplari o`rniga qutilarda
kasal milklar, qoni oqayotgan
ko`zlar xamda shifoxonadagi
xasta bollar rasmi
jo`ylashtiriladi. Avstraliya
Sog`likni saqlash vazirligining
malumotlariga ko`ra, dunyoda
xar yili tamaki chekish tufayli
15 ming kishi vafot etadi,
kashandalik keltirib chiqargan
kasalliklarni davolashga esa,
deyarli 33 milliard AQSH dollori
sarflanadi.
