JAVA dastur va o`yinlarni tarjima qilish
_____________________
 Java dastur va o'yinlarni tarjima qilish uchun bizga kompyuter yoki kamida S40 avlodiga mansub telefon kerak bo'ladi. Demak boshladik, oldin kompyuterda tarjima qilish haqida batafsil to'xtalib o'tamiz, buning uchun bizga WinRAR, class translator (yoki mobile trans) va notepad kerak bo'ladi. Endi ishni boshlaymiz, oldin tarjima qilinadigan dasturni topamiz va sichqonchani o'ng tugmasini bosamiz u yerdan IZVILICH FAYL buyrug'ini tanlab arxivdan chiqaramiz, shunda yana bitta yangi papka hosil bo'ladi, u papkani ichida java dasturni tarkibiy qismi joylashgan bo'ladi, biz ularni ichidan .txt formatdagisini qidirib topib notepad yordamida tahrirlaymiz.