Tasix Nima?
_____________________
Tas-IX nima?
Sarkor Telecom, UzNet kabi internet provayderlari orqali internetga ko`pchilik odamlar, firmalar ulanishadi. Endi Siz shu provayderlar obonenti bo`lsangiz ba`zi qo`shimcha qulayliklarga ega bo`lasiz. Masalan UZ domenidagi ko`pgina saytlarga bepul kirib chiqish va shu saytlardan kompyuteringizga fayl yuklab olish bepul. Bunday saytlarni Tas-IX ro`yxatiga qo`shilgan saytlar deb yuritiladi.

Tas-IX ga saytni qanday qilib ro`yxatdan o`tkazish mumkin?
Agar Siz web administrator bo`lib Saytingizni Tas-IX ga qo`shmoqchi bo`lsangiz, hozir turgan hosting kompaniyasi bilan gaplashib ko`ring. Agar bu hosting kompyanisi Tas-IX ga Sizni saytingizni qo`shib bersa juda yaxshi, agar qila olmasa Siz saytingizni O`zbekistondagi Tas-IX bilan hamkorlik qilayotgan boshqa hosting kompaniyaga ko`chirishingiz kerak bo`ladi. Shuning uchun veb hosting tanlashdan oldin Tas-IX ga qo`sha olasizmi deb xab so`rab ko`ring. Sizning Tas-IXdan ro`yxatga o`tishingiz trafikingiz oshishiga sabab bo`lishi mumkin, lekin boshqa hosting kompaniyasi narxi arzonroq bo`ladigan bo`lsa va bu narx sizni xozircha qoniqtirsa veb saytingiz xostingini o`zgartirmasangiz xam bo'laveradi deb o`ylayman. 
Tas-IX ga ulangan saytlarni esa qanday aniqlash mumkin?
1-usul: www.uz saytida saytlar ro`yxatidan bilib olish mumkin.

2-usul: http://nitalaut.sarkor.uz/check.php ga kirib Sizni qiziqtorgan sayt nomini yozib enterni bosing. Agar RESURS NAXODITSIYA V SETI TAS-IX degan yozuv chiqsa, demak sayt Tas-IXga ulangan, aks xolda yo`q.
