Teg va uning atributlari
______________________________
Attribute- bu aksariyat taglarga qo'shimcha ravishda ishlatiladigan buyruqlar hisoblanadi, o'qilishi atribyut va HTML kodlarida juda katta ahamiyatga ega. Ular taglar emas, taglardan juda farq qiladi chunki ular muayyan bir tag uchun yordamchi vazifasini o'taydi va ochiluvchi tagning ichida keladi. Masalan: <body> tagini olaylik, bu HTML dokumentimizning asosiy qismi hisoblanadi, shuning uchun bu tagning attributelari yordamida butun dokumentimizning matn hajmini hammasiga umumiy qilib bittada kiritib olishimiz mumkin. Yoki bo'lmasam butun web sahifamizning orqa fonini o'zgartirishimiz mumkin har hil ranglarga. Buning uchun yuqorida kiritgan kodlaringizga qayting, bgcolor="yellow" so'zini <body> tag ichiga bitta joy tashlab (prabel tashlab) kiriting, u quyidagicha ko'rinishga ega bo'lishi kerak: <body bgcolor="yellow">, keyin CTRL+S yoki File - Save orqali dokumentni saqlang. Endi Shu NotePad dokumetizni qayerga saqlagan bo'lsangiz o'sha yerdan topib Internet browserlaridan birida ochib ko'ring. Sizning butun web sahifangiz sariq rangda bo'ladi (yellow-sariq). Bu yerda "yellow" so'zi "bgcolor" attributi qabul qilishi mumkin bo'lgan qiymat hisoblanadi. Barcha ingiliz tilidagi ranglar "bgcolor" attributi qiymati bo'la oladi. Ranglar haqida to'liq keyingi darslarimizda uchrashamiz. Attribute so'zining lug'aviy ma'nosi "hossa", "hususiyat", "belgi" degan tarjimalarga ega. Hamma attributelar biron bir muayyan tagning ochilish qismi ichida keladi, va undan so'ng "=" belgisi bo'lishi shart, keyin esa yoki bittalik ('_') yoki ikkitalik ("_") qo'shtirnoq shart bo'ladi.

Attribute oltin qoidalari:
Hamisha ochiluvchi (<_>) tag ichida tagning o'zidan keyin bitta joy tashlangan holda keladi, ya'ni "<body>" HTML dokumenti asosiy qismining tagi hisoblanadi, u qabul qilishi mumkin bo'lgan "bgcolor" attribute <body bgcolor="yellow"> sifatida keladi.
Faqatgina qaysi tag ichida kelsa o'sha tagga tegishli malumotlar uchun o'z vazifasini o'taydi, masalan: <p align="center" >kitoblar</p> ushbu "kitoblar" so'zi yangi abzastda kelishiga <p> tagi orqali buyruq berilyapti, align="center" esa faqatgina "kitoblar" so'zini web sahifa marqazida joylashga buyruq beryapti va</p> orqali bu abzast tugatilyapti shuning uchu </p> dan keyin keladigan so'zlar uchun markazda kelish buyrug'i o'rinli emasdir.
HTMLda yuzlab taglar mavjud va bu taglarning hammasi ham attributelar bilan kelavermaydi, bir o'zi keladigan taglar ham bor.
HTMLda hamma taglarning o'z attributelari bor, bir tagning attributi boshqa bir tag uchun o'rinli bo'lmasligi mumkin, masalan <p bgcolor="yellow" >kitoblar</p> umuman ma'noga ega emas, chunki "bgcolor" <p>ning attributi hisoblanmaydi. 
Biroq align="center"<p> dan tashqari boshqa taglar uchun ham hizmat qilishi mumkin, masalan <h1 align="center">kitoblar</h1> 
Barcha attribute o'z qiymatiga ega, va bu qiymatlar attributedan so'ng "=" (tenglik) belgisidan keyin qo'shtirnoq ichida kelishi shart. Yuqoridagi misolga qaytadigan bo'lsak <p align="center" >, align attribute center uning qiymati va qo'shtirnoq ichida kelyapti.
Bitta attributening har hil qiymatlari bo'lishi mumkin, masalan <p align="center" >kitoblar</p>da "center" o'rniga "left" yoki "right" qiymatlarini qo'ysa ham boladi, unda mos ravishda "kitoblar" so'zi web sahifamizning chap yoki o'ng tarafida paydo bo'ladi. 
Attribute turiga qarab uning qaiymatlari har hil bo'lishi mumkin, masalan align attributi center/left/right/justify qiymatlarini qabul qilsa, bgcolor faqat ranglarni qabul qiladi, align attributining qiymati sifatida ranglar yozilsa natija chiqmaydi, yoki aksincha bgcolor ning qiymati center/left/right/justify lardan biri bo'la olmaydi. 
Aksariyat (hammasi emas) attributlar birdaniga ikkita yoki undan ko'p qiymat qabul qilmaydi, yani align="center, left" deb yozish mutlaqo mumkin emas. Lekin <font face="arial, times new roman"> desa bo'ladi, shunda agar browser "arial" ni qo'llasa matnimiz arial da paydo bo'ladi agar qo'llamasa "times new roman" ni o'qiydi. 
Bitta tagning bir nechta attributelari bo'ladi va bu attributelar hammasi ochiluvchi tag ichida keladi, orasida vergul shart emas masalan: <body bgcolor="yellow" text="black"> bu yerda web sahifa orqa foni (yellow) sariq matnlar esa (black) qora rangda bo'lishiga buyruq berilyapti. Attributelar faqat kerak bo'lgandagina qo'llaniladi. 
Bir hil attribute bitta tag ichiga 2 marta yozilmaydi, har hil qiymatlarni olsa ham, yani <p align="center", align="left">kitoblar</p> deb yozish mutlaqo mumkin emas.

<body> tegi uchun atributlar:
1)bgcolor(barcha ranglar ingiliz tilida yozilsa qabul). Misol: <body bgcolor="yellow">.
Natijasi: butun bir web sahifaning orqa fonini qo'shtirnoq ichida ingiliz tilida yozilgan (yellow-sariq) rangga o'zgartiradi. bgcolor (background color) orqa rang tarjimasiga ega. (color-rang).

2)text.(barcha ranglar ingiliz tilida yozilsa qabul). 
Misol: <body text="black">
vazifasi: butun bir web sahifa tekstining rangi qo'shtirnoq ichida ingiliz tilida yozilgan (black-qora) rangga o'zgaradi.

2. Ikkinchi bo'lib quyidagi attribute larni o'rganamiz. Quyida keltirilgan attributelar shunchaki sizgda attributelar haqida tushuncha paydo qilish uchun va ularni azgincha bo'lsa ham tushunishiz uchun berilgan. Aslida har bir attributeni o'zining taglarini o'rganganda to'liq ko'rib chiqamiz. Lekin hamma darslarning ohirida mahsus jadval tuzib hamma taglar va ular qabul qilishi mumkin bo'lgan attributelarni kiritib ularning maqsad va vazifalarini tushuntirib o'taman yana bir bora. Hozircha quyidagi jadvalga qarang:
1)align:
qiymatlari: 	center, char, justify, left, right
Qabul qiluvchi teglar:
<h1> - <h6>, <p>, <div>, <hr>, <img>, <td>, <th>, <tr> va hokazo
Misol:  	<h2 align="center">NNN</h2>

2)color
Qabul qiluvchi teglar: 
<h1> - <h6>, <p>, <div>, <hr>, <img>, <td>, <th>, <tr>va hokazo.
Misol:
	<h2 align="center" color="green" >NNN</h2>