Tema tuzish (nth)
_____________________
Avvalo kerakli temani, masalan TEMA.nth ni ALOHIDA papkaga joylaymiz. Keyin WinRAR ga kiramiz, options ni bosamiz, back ni tanlaymiz. /E/ ni tanlaymiz, u flash kartamiz. Keyin tema turgan papkani tanlaymiz, temani ustiga kelib options dan rename ni tanlaymiz va TEMA.nth ni TEMA.zip deb nomlaymiz. Keyin chiqqan so'rovlarga "yes" ni bosamiz. TEMA.zip ni bosamiz, options dan select all ni tanlaymiz va yana options ga kirib extract ni bosamiz va necha marta so'rov chiqsa ham "yes" ni bosamiz (100marta chiqishi mumkin!). So'rovlar tugagandan keyin programmadan chiqamiz va papkamiz sari yo'l olamiz. Vo ajabo, temadagi barcha rasm va musiqalar xuddi "bolt gaykasigacha titib tashlangan velosipeddek" bo'lib titilib yotibdi! Qoyilmisiz?! Endi o'zimizni rasmimizni temadagi rasm o'rniga qo'yamiz! Ketdik!
Avvalo qaysi rasmni o'rniga qo'ymoqchi bo'lsak o'sha rasmni papkadan chiqarib olamiz, uni nomini eslab qolamiz va o'zimizning rasmimizni XUDDI SHUNDEK nomlaymiz, nuqta verguligacha! Keyin rasmimizni titilgan tema papkasiga joylaymiz. Yana o'sha sehirli WinRAR ga kiramiz, o'sha papkaga kiramiz va TEMA.zip dan tashqari papkadagi barcha narsalarni BIR MARTADAN bosib chiqamiz. Keyin options dan list ni tanlaymiz va options ni bosib PACK ni bosamiz, yangi temaga masalan MEN deb nom qo'yamiz. Chiqqan so'rovlarga "yes" ni bosamiz.So'rovlar tugagach, MEN.zip ni MEN.nth ga nomlaymiz. TAMOM!
Avvalgi temamiz ham sog'-salomat, unga jin ham urgani yo'q ;) Faqat TEMA.zip ni TEMA.nth ga nomlasak bo'ldi, nomlashni endi o'rganib olgan bo'lsak kerak, har holda? O'sha papkaga kiramiz va MEN.nth ni BOSAMIZ. Ishladimi, ISHLADI! Ura! Meni telefonimni "TELEFON" deb haqorat qilmang! Bu telefon emas KOMPYUTER!