Wikipediya haqida
_____________________
Web-manzil www.wikipedia.org
Interviki Bosh Sahifa
Asosiy bo`lim jami 264 tilda
O`zbek bo`limi uz.wikipedia.org
Asos solingan sana 15-yanvar , 2001 -yil
Asoschi Jimmy Wales va Larry Sanger
Maqolalar soni 2 mln. dan ortiq
Viki-mexanizm Wikimedia
Litsenziya erkin
Reklama yo'q
Vikipediya ko`p tillik, vebga asoslangan, erkin ensiklopediya . U ko`pchilik tomonidan yoziladi va uni yozishda hech qanday cheklanishlar qo`yilmaydi. Ushbu loyiha 15 yanvar 2001 yil mutaxassislarga mo`ljallangan Nupediaga to`ldiruvchi sifatida yaratilib,hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipedianing eng katta ingliz tili bo`limi ushbu maqola yozilish vaqtida 1 900 000 dan ortiq maqolaga ega edi (taqqoslash uchun: qog`oz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng kattasi bo`lmish Britannicadagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir). Bundan tashqari Vikipediyaning juda mashhur bo`lib ketishi tufayli unga yo`ldosh Wiktionary , Wikibooks , hamda Wikinews kabi loyihalarning ham paydo bo`lganidir.

Tavsifi:
Vikipedianing shiori bu hamma tahrirlashi mumkin bo`lgan ochiq ensiklopediya. U "wiki" deb nom olgan dasturiy ta`minot yordamida nashr qilingan. WikiWikiWeb so`zi Hawaiichasiga wiki "tez" so`zidan olingan. Jimmy Walesning niyati Britannica sifatiga erishish yoki undan ham yuqori darajaga erishish va bosmaholida tarqatish.
Turli Tillardagi Nashrlari
Vikipedia juda ko`plab tillarda har kun, soat va soniyada turli tillarda to`ldirilib borilmoqda. Ayniqsa quyidagi tillar bunga yaqqol misol bo`la oladi:
1. Ingliz ( 2 mln dan ortiq )
2. Nemis ( 395,809 )
3. Fransuz ( 286,090 )
4. Polyak ( 234,750 )
5. Yapon ( 211,862 )
6. Datcha ( 190,161 )
7. Shved ( 159,000 )
8. Italyan ( 157,600 )
9. Portugal ( 134,818 )
10. Ispan ( 118,483 )
