Mashhur yettiliklar
_____________________
Dunyoning yetti mo'jizasi

1. Misr ehromlari
2. Bobil osma bog'lari
3. Artemida ibodatxonasi
4. Galikarnas dahmasi
5. Zevs haykali
6. Rodosdagi haykal
7. Iskandariya mayog'i


Yetti xazina

1. Sigir - ro'zg'orning qassobi va baqqoli
2. Asalari - oilaning tabibi
3. Ipak qurti - qizlarning sepi
4. Objuvoz - qozonning yog'i
5. Tegirmon - qorinning belbog'i
6. O'rmon - imorat "suyagi", qozon olovi
7. Tovuq - ham obiyovg'on, ham dori-darmon


Hafta kunlari

O'zbekcha: Juma, Shanba, Yakshanba, Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba
Arabcha: Yavmul-jum'a, Yavmus-sabt, Yavmul-ahad, Yavmul-isnayn, Yavmus-salasa, Yavmul-arba'a, Yavmul-hamis
Turkcha: Juma, Jumartesi, Pazar, Pazartesi, Sali, Charshamba, Pershembe
Inglizcha: Friday, Saturday, Sunday, Monday, Tuesday, Wednesday, Thursday
Forscha: Odina, Shanba, Yakshanba, Dushanba, Seshanba, Chahorshanba, Panjshanba

Moddalarning yetti ko'rinishi

1. Qattiq holati
2. Suyuq holati
3. Gazsimon holati
4. Plazma holati
5. Neytron holati
6. Epiplazma holati
7. Fizik vakuum holati 


Yetti musiqa notasi

1. Do
2. Re
3. Mi
4. Fa
5. Sol
6. Lya
7. Si 


Yetti avlod

1. Farzand
2. Nevara
3. Chevara
4. Evara
5. Pannevara
6. Ovora
7. Begona

Yetti iqlim

1. Ekvatorial
2. Subekvatorial
3. Tropik
4. Subtropik
5. Mo'tadil
6. Subarktik
7. Arktik 


Yetti rang

1. Oq
2. Sariq
3. Qizil
4. Qora
5. Ko'k
6. Yashil
7. Apelsin rang 


Yetti sayyora

Qadimgi xalqlar yetti muqaddas sayyora inson hayotiga, taqdiriga, o'zaro harakatlariga bog'liq deb tushunganlar va shundan hafta kunlarini chiqarganlar. Quyosh va Oyni ham shunga kiritishgan. Ular:
1. Quyosh - Oftob, Shams, Xurshid, Mehr, Yashiq; Kuch-g'ayrat ramzi
2. Oy - Qamar, Moh, Anbar, Yalchiq; Dilbarlik ramzi 
3. Mars - Mirrix, Bahrom, Ko'rkud; Jangu jadal timsoli. Greklarda urush xudosi
4. Merkuriy - Atorud, Hulkar, Surayyo, Orzu, Dabir; Aql-zakovat, donolik ramzi
5. Yupiter - Mushtariy, O'ngoy, Qoraqush, Burjis; Baxt ramzi
6. Venera - Zuhro, Cho'lpon, Sirius, Yildiriq, Nohid, Saqid; Sevgi ramzi
7. Saturn - Zuhal, Sekantir, Kronos; Dehqonchilik va hosildorlik ramzi 


Yetti mukammal fanlar

Qadimgi va o'rta asr ta'lim tizimida ongni va mantiqni yuksaltiruvchi yetti fan mavjud edi. Ushbu fanlarni qadimgi yunon mutafakkirlari komillika eltuvchi yo'l deya ta'riflaganlar:
1. Grammatika
2. Mantiq
3. Ritorika
4. Geometriya
5. Arifmetika
6. Astronomiya
7. Musiqa 


Qadimgi greklarning yetti donishmandi

Eramizdan avvalgi 6-7 asrlarda qadimgi Yunonistonda yashagan faylasuf va siyosatchilarning eng mashhurlari "yetti donishmandlar"dir:

1. Prienlik Bias (er.av. 6 asr)
2. Spartalik Chilon (er.av. 6 asr)
3. Linduslik Kleobulus (er.av. 6 asr)
4. Korinflik Periander (er.av. 585 yilda vafot etgan)
5. Maytilenlik Pittacus (er.av. 650-570)
6. Afinalik Solon 

7. Miletlik Fales 


Yetti dengiz

Qadimgi dengizchilar dunyoni 7 dengi o'rab turadi deb hisoblaganlar(okeanlarni ham kiritganlar):
1. Shimoliy Atlantika okeani
2. Janubiy Atlantika okeani
3. Shimoliy Tinch okeani
4. Janubiy Tinch okeani
5. Hind okeani
6. Arktika okeani
7. Janubiy okean

Qadimgi Rimning yetti podshosi

Afsonalarga ko'ra Rimni dastlab boshqargan 7 podsho er.av. 753 yildan 510 yilgacha hukmronlik qilganlar:
1. Romulus
2. Numa Pompilius
3. Tullus Hostilius
4. Ancus Marcius
5. Lucius Tarquinius Priscus
6. Servius Tullius 
7. Lucius Tarquinius Superbus


Qadimgi yaponlarning yetti xudosi

Qadimda yaponlar baxt, boylik va uzoq umr keltirishi uchun 7 ta xudoni o'ylab topishdi. Bunga e'tiqod qilish 15 asrga kelib judayam kuchaydi. Ular:
1. Ebisu - baliq ovlash va savdo xudosi
2. Daikoku - boylik va qishloq ho'jaligi xudosi
3. Bishamonten - omad xudosi
4. Benzaiten - suv va musiqa xudosi
5. Hotei - moy xudosi
6. Fukurokuju - Abadiyat xudosi
7. Jurojin - Uzoq umr xudosi 


Yetti opa-ukalar

Qaqimgi yunon miflariga ko'ra, Pleonlik Atlas bilan Okeanusning qizlari. Mifga ko'ra ular otalarining ayanchli taqdiridan yoki opalari Hyadesning o'limidan ranjib o'z jonlariga qasd qiladilar. Koinotdagi ba'zi yulduzlar ularning nomi bilan ataladi:
1. Electra
2. Maia
3. Taygete 
4. Alcyone 
5. Celaeno 
6. Sterope 
7. Merope 

Yetti qavat osmon

Imom Buxoriy va Imom Muslimlardan rivoyat qilingan "isro va me'roj" haqidagi hadislarda payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning Masjidul aqsodan osmonga ko'tarilganliklari haqida rivoyat qilinadi. Ushbu hadisga ko'ra, Rasululloh s.a.v. yettita osmondan o'tadilar va har bir osmonda quyidagi payg'ambarlar bilan uchrashadilar:
1. Birinchi osmon - Odam alayhissalom
2. Ikkinchi osmon - Iso va Yahyo alayhissalomlar

3. Uchinchi osmon - Yusuf alayhissalom
4. To'rtinchi osmon - Idris alayhissalom
5. Beshinchi osmon - Horun alayhissalom
6. Oltinchi osmon - Muso alayhissalom
7. Yettinchi osmon - Ibrohim alayhissalom 


Islomda iymondagi yetti farz

1. Allohga;
2. Allohning farishtalariga;
3. Allohning kitoblariga;
4. Allohning payg‘ambarlariga;
5. Oxirat kuniga;
6. Taqdirga, ya’ni yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga;
7. O‘limdan keyin qayta tirilmoqqa ishonish. 


Injildagi yetti halok qiluvchi gunoh

1. Mag'rurlik
2. Baxillik
3. Ochko'zlik
4. G'azab
5. Yeb-to'ymaslik
6. Hasad
7. Dangasalik 


O'rta asrlarning yetti mo'jizasi

1. Rim kollizeyi
2. Iskandariya yer osti yo'llari
3. Buyuk xitoy devori
4. Avliyo Sofiya ibodatxonasi
5. Stonehenge
6. Piza minorasi
7. Nanjing budda ibodatxonasi

Zamonaviy dunyoning yetti mo'jizasi

Amerika fuqaro muhandislik jamiyati 20 asrda insoniyat tomonidan barpo etilgan quyidagi obidalarni zamonaviy dunyoning yetti mo'jizasi deb atadi. Ushbu ro'yxat dunyoning ko'zga ko'ringan arxitektorlari tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, unda binolarning texnik va ijtimoiyu jihatlari hisobga olingan:
1. Channel Tunnel (Angliya va Fransiyani bog'lovchi suv osti kanali)
2. CN Tower (Torontodagi teleminora)
3. Empire State Building (New York shahridagi osmono'par bino)
4. Golden Gate Bridge (San Franciscodagi ko'prik)
5. Itaipu Dam (Braziliya va Paragvaydagi to'g'on)
6. Netherlands North Sea Protection Works (Niderlandiya Shimoliy dengiz muhofazasi)
7. Panama Canal (Panama kanali) 


Dunyoning yangi yetti mo'jizasi

National Geographicga ko'ra quyidagilar dunyoning yangi yetti mo'jizasidir: 
1. Katta piramida (Misr)
2. Avliyo Sofiya ibodatxonasi (Turkiya)
3. Piza minorasi (Italiya) 
4. Washington maqbarasi (AQSh) 
5. Eyfel minorasi (Fransiya)
6. Toj Mahal (Hindiston) 
7. Empire State Building binosi (AQSh)

Boshqa manbaga ko'ra esa, quyidagicha:

1. Toj Mahal (Hindiston)
2. Buyuk Xitoy devori (Xitoy)
3. Kollizey (Rim)
4. Piza minorasi (Italiya)
5. Eyfel minorasi (Parij)
6. Pasxa orolidagi yodgorlik (Chili)
7. Chichin Itza piramidasi (Meksika)

Bu ro'yxatlar eski jahon mo'jizalari kabi aniq bo'lmay, hali ham muhokama qilinmoqda. 2004 yili UNESCO tomonidan dunyoning yangi yetti mo'jizasini aniqlash maqsadida internet-so'rov boshlangan bo'lib, u hali ham davom etmoqda. Natijalar 2006 yil 1 yanvarda e'lon qilinadi. Unga quyidagi nomzodlar qo'yilgan:
1. Avliyo Sofiya ibodatxonasi (Turkiya)
2. Akropol (Gretsiya)
3. Panathinaiko stadioni (Gretsiya)
4. Kolizey (Italiya)
5. Dodjey saroyi (Italiya)
6. Piza minorasi (Italiya)
7. Toj Mahal (Hindiston)
8. Potala ibodatxonasi (Tibet)
9. Algambra ibodatxonasi (Ispaniya)
10. Versal saroyi (Ftansiya)
11. Angkor-Vat saroyi (Kombodja)
12. Petr dahmasi (Iordaniya)
13. Kiotodagi qirol saroyi (Yaponiya)
14. Aahan federal sobori (Germaniya)
15. Barselonadagi Muqaddas oila sobori (Ispaniya)
16. Buyuk Xitoy devori (Xitoy)
17. Eski San'a shahri (Yaman)
18. Eyfel minorasi (Fransiya)
19. Ozodlik haykali (AQSh)
20. San-Fransiskodagi "Oltin darvoza" ko'prigi (AQSh)
21. Maya piramidasi (Meksika)
22. Sidney opera teatri binosi (Avstraliya)
23. Pasxa orolidagi yodgorlik (Chili)
24. Timbuktu shahri (Mali)
25. Empire State Building (New York) 
26. Macho-Pichku qal'asi (Peru)
27. Kreml saroyi (Rossiya) 


O'rta asrlarning unutilgan yetti mo'jizasi

1. Abu Simbel dahmasi
2. Angkor Wat 
3. Toj Mahal 
4. Saint-Michel tog'i 
5. Moai Statusi 
6. Parfenon 
7. Shwedagon budda ibodatxonasi

Dunyoning yetti tabiiy mo'jizasi

1. Everest cho'qqisi
2. Katta Barrier rifi
3. Grand Canyon
4. Viktoria sahrsharasi
5. Rio de Janeiro bo'g'ozi
6. Paricutin vulqoni
7. Shimoliy ko'llar 


Dunyoning yetti suvosti mo'jizasi

1. Palau 
2. Beliz Barrier rifi
3. Galapagos orollari
4. Shimoliy Qizil dengiz
5. Baykal ko'li
6. Katta Barrier rifi
7. Chuqur dengiz ventillari 


Dunyoning unutilgan yetti mo'jizasi

1. Big Ben soati
2. Eyfel minorasi
3. Gateway ustuni
4. Asvan to'g'oni
5. Guver to'g'oni
6. Mount Rushmore milliy memoriali
7. Petronas minorasi 


Dunyoning unutilgan yetti tabiiy mo'jizasi

1. Anhel sharsharasi
2. Fundy qo'ltig'i 
3. Iguasu sahrsharasi
4. Krakatoa oroli
5. Fuji tog'i
6. Kilimanjaro tog'i
7. Niagara sharsharasi 


ARSHNING SOYASIDAGI YETTI KIMSA

Abu Hurayra r.a. Payg`ambarimiz Muhammad s.a.v. dan shunday rivoyat qiladilar: Yetti kishini Alloh taolo Arshning soyasida soyalantiradi:
1. Odil boshliqni;
2. Yoshlikdan Allohning ibodati bilan o`tgan kishini;
3. Yolg`iz holida Allohni eslab ko`z yosh to`kkan kishini;
4. Qalbi doim masjid bilan bog`langan kishini;
5. O`ng qo`li bilan bergan sadaqani chap qo`li bilmagan (ya`ni, maxfiy sadaqa qilgan) kishini;
6. Alloh yo`lida do`stlashgan ikki kishini;
7. Chiroyli ayol fahshga chorlaganda Alloh taolodan qo`rqaman, deb bosh tortgan kishini. 

Mashhur yettiliklar:

1. Yetti xazina
2. Yetti mo`jiza
3. Yetti mahalla
4. Yetti pusht
5. Yetti go`zal (Sharqning yetti malikasi yoki go`zali)
6. Yetti malak
7. Yetti farishta
8. Yetti iqlim
9. Yetti chaqirim
10. Yetti kulcha 
11. Yetti donishmand
12. Yetti kechayu yetti kunduz
13. Yetti karra
14. Yetti ketdi
15. Yetti qatlam yer
16. Yetti tanga
17. Yetti qaroqchi yulduzlar
18. Yetti qabila
19. Yetti qadam tashlab mehmonni kuzatish
20. Yetti og`a-ini botirlar 
21. Yetti oyda farzandning sut tishi chiqib, yetti yoshda doimiy tishga almashinuvi
22. Yetti qavat osmoni falak
23. Yetti fazilat
24. Yetti kishining biri Xizr
25. Qo`shnining yettidan bir haqi bor
26. Yetti uxlab tushimga kirmagan edi
27. Yetimning haqi yetti daryoni quritar
28. Yetti yoshdan yetmish yoshgacha
29. Yetti kishining xislati yetmish xil
30. Yetti qarich 
31. Yetti buyuk davlat
32. Mushkulkushoddagi yettita mayiz
33. Yetti avlodga chiroq yoqib farzandlik bo`ldim
34. Yetti unsur (yuz, qosh, ko`z, qomat, xol, lab, soch)
35. Yetti jannatning eshigi ochiq
36. Yetti yot begona
37. Yetti mozorga yetti chilton chiroq yoqdim
38. Yetti haromdan hazar qil (nopoklik, andishasizlik, imonsizlik, o`zgalar haqi, hayvoniy hirs, yolg`onchilik, nafs balosidan)
39. Hasan Husan kamalagining yetti xil jilosi
40. Yetti xil manzara
41. Yetti o`lchab bir kes
42. Yetti o`lchamay, o`ylamay, yetti mulohaza qilmasdan gapirilgan bir gap bir kun emas bir kun o`zingga hukmron bo`ladi.
