OMAD ODAMNING OZ QOLIDA
 Muvaffaqiyat qozonmoqchi bolgan insonning say-harakati unga mos bolishi lozim. Reja tuzishga qiynalgan va uni amalga oshira olmagan odamlar tartib-intizomi kuchsiz odamlar hisoblanishadi. 
 Odam robot emas: tugmacha bosilganda ishlay boshlaydigan, boshqa tugmacha bosilganda esa toxtaydigan. Inson hissiyotlarga ega bolib, otmish va kelajakdan tasirlanadigan juda murakkab mavjudot. Robotga oxshamasligi faqat say-harakatlari bolmasligi kerak degani emas. Chunki bunday fazilati bolmagan insonlar maqsad yolida lozim bolgan harakatlarni amalga oshira olmaydilar. 
 Kopchilik oquvchilar muvaffaqiyatga erishishning eng nozik nuqtalarigacha bilishadi. Lekin ularni amalga oshirishga kelganda nimagadir sustkashlik korsatishadi. Natija harakatga togri proporsional bolgani sababli ham niyatlariga erisha olmaydilar. Shunday ekan, maqsadlarimizga mos harakat qilishni boshlashimiz kerak. 
 Diqqatni jamlay olmaslik, motivatsiya etuvchi maqsadning bolmasligi, masuliyatsizlik, maqsadsiz insonlar bilan birga bolish, atrofdagi muhitning tasiri, kimlargadir boglanib qolish, mehnatni sevmaslik, beqarorlik, vaqtni ogirlovchi dostlar orttirish va boshqalar ichki intizomni kuchsizlantiruvchi va muvaffaqiyat yolida tosiq vazifasini bajaruvchi unsurlar hisoblanadi. H. Truman bu masalada shunday deydi: Omadli odamlarning biografiyalarini oqirkanman, ilk galabalarini ozlarining ustlaridan qozonganliklariga guvoh boldim. Bu tartib-intizomning foydasidir.
 Odam muvaffaqiyatga bir kunda erishilmasligini biladi, albatta. Shu bois asta-sekinlik bilan maqsad sari intiladi. Hatto maqsadi orzu qilgan natijasidan oshib ham ketadi. Sizni erishishingiz mumkin bolgan eng yaxshi maqsaddan, niyatlaringizgan va bajara olishingiz mumkin bolgan ishlardan qaytargan nima? Dangasalikmi, tavakkalchilikka kirishishdan qorqishmi, muvaffaqiyatsizlik yoki omadli bolish qorquvimi?
 Mashhur yozuvchilardan birining yoshlarga bagishlab yozgan kitobidagi quyidagi fikrlarga diqqatingizni qaratishni xohlardim: Yaxshilab oylab qarasangiz iroda moddiy va ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatli bolishnigina emas, balki baxtli hayot kechirishning ham tamal toshi hisoblanadi. Bazi odamlar eshakka ozi minib olganini unutib, bozordan eshagini qidirib yurgan Nasriddin Afandiga oxshaydi. Ular baxt- saodatni oz ichlarida ekanligini unutib, qahvaxona-yu barlardan qidirishadi. Siz bu gaflatga tushmang va ishoningki, muvaffaqiyatning siri - saodat qushi ham oz qolimizda va eng insoniy qudrat manbai bolgan irodamizning oltin qafaslari ichida. Baxt tasodifan topilib qoladigan xazina emas. U omad ham emas, meros ham emas. Saodat irodamizning qudrati bilan zabt etishimiz kerak bolgan qaladir.
 Irodaning ustunligiga, uning harakat va yaxshi tarbiya yordamida shakllanishiga ishonamizmi? U holda hayotimizning rejasi quyidagicha bolishi kerak: har kuni yanada koproq gayrat qilish, asta-sekinlik bilan bolsa-da, doimo yaxshilikka va kamolotga qarab intilish. Irodaning inson uchun yuksak quvvatiga va bunga erisha olmasligingizga ishonasizmi? Bu tavakkalchilikka ishonib, ozingizning taqdiringiz haqida kuyinmaslik yoki hoy-u havasga berilib, ozingizni quruq yolgonlarga ishontirish boladi. Ikki holda ham boradigan joyingiz bitta: saodat va pushaymonlik.
 Shu bois hayotda oz orningizni topishga harakat qiling. Bu odamning oziga bogliq.