VAQTNI SAMARALI ISHLATISH
Barchamiz hayotning qisqaligi haqida gapiramiz-u, lekin umrimizni bekorchi narsalarga sarflashdan tiyilmaymiz. Seneka


 Muvaffaqiyatga erishishda eng muhim omillardan biri VAQT hisoblanadi. Lekin, afsuski, kopchiligimiz erta tongda hisobimizga qoyilgan bu pulning qadrini bilmaymiz.
 Faraz qiling: har kuni tongda sizning hisobingizga 86 400 somlik pul qoyildi. Faqat kechagi pulingiz bugunga otmaydi. Va har kuni qanchasini ishlatgan bolsangiz ham osha kungi hisobingiz yopiladi. Bu holda nima qilgan bolardingiz? Har holda, bor pulning songgi tiyinigacha ishlatishga harakat qilgan bolardingiz, togrimi?
 Hammamizning xuddi shunday bankimiz bor. Vaqt banki. U har kuni tongda hisobingizga 86 400 soniya qoyadi. Tunda hisobingizni yopadi. Har kunimiz shu shaklda aylanib otib boradi. Kechagi kun bugunning hisobiga bir soniya ham qoshib bermaydi.
 Bugunni bugungi hisobingiz bilan otkazing. Uni yaxshi ishlarga sarflangki, kelajakda sizga muvaffaqiyat va baxt bolib qaytib kelsin.
 BIR YILning qadrini kirish imtihonlaridan ota olmagan abituriyentdan sorang.
 BIR HAFTAning qadrini haftalik jurnal muharriridan sorang.
 BIR DAQIQAning qadrini samolyotga kechikkan yolovchidan sorang.
 BIR SONIYAning qadrini toqnashuv oldini ololmagan haydovchidan sorang.
 BIR MILLISONIYAning qadrini yugurish boyicha musobaqada kumush medal olgan sportchidan sorang.
 Ega bolgan har onni qadrlang. Unutmangki, vaqt hech kimni kutib turmaydi.
 Kecha otmishga aylandi, Ertaga nima bolishi mavhum. Bugun esa hovuchlaringiz ichidagi vaqt sizga armugon.
 Ertamizni qurish yolida hozirgi yashayotgan vaqtimizni foydali ishlarga sarflash juda muhim hisoblanadi.
 Siz hech otirib, bugun kun boyi nimalar bilan shugullanganingizni, qaysi ishga qancha vaqt ajratganingizni hisoblaganmisiz? Hisoblashga urunib koring. Buning foydasi katta. Hisoblab chiqqach, siz kichik vaqtlardan qanchasini keraksiz ishlarga sarflab yuborganingizni kora olasiz. Bu hisob-kitob, aslida, qancha vaqtingizni foydali ishlarga sarflaganingizni ham korsatadi. Vaqtni samarali ishlatish muvaffaqiyatning kalitlaridan biridir.
  Vaqtingizni qanday bekorchi narsalarga sarflaganingizni oylab koring va ularning royxatini tuzing.
  Keyin vaqtni bekorchi narsalarga sarflashning qanchaga tushishini hisoblab koring.
  Royxatdan eng oson voz kechishingiz mumkin bolgan uch narsani tanlang va ulardan shu zahoti voz keching. 
  Bu ishni tez-tez takrorlab turing.

 Uzun umr korgan bir shaxsdan: Sizni Azroil esdan chiqarib qoydimi? - deb sorashganida, u: Azroil bilan uchrashdim, agar bosh qolganingni korsam, olib ketaman, dedi, - degan ekan.
 Garbda vaqtdan samarali foydalanishga oid kurslarning birida oqituvchi har biri qandaydir kasb egasi bolgan oquvchilariga amaliy dars berishga qaror qiladi. U sinfxonaga guldon qoyib, unga yirik toshlarni soladi va Bu idish toldimi?  deb soraydi. Oquvchilar: Ha, toldi, - deb javob berishgach, tortmasidan mayda shagal toshlarini olib, idishga soladi. Idishni silkitib, mayda toshlarni yirik toshlar orasiga joylashtiradi va yana: Idish toldimi?deb soraydi. Oquvchilar bu safar ham: Ha, - deb javob berishadi. Oqituvchi idishning ichiga endi qum soladi. Qum toshning oralarini toldirib bolgach, sinfga qarab: Endi-chi?deb soradi.
 Oquvchilar yana: Ha, toldi,  deyishdi. Oqituvchi bu safar idishga suv quydi. Shu bilan idish tolgan edi. Oqituvchi: Bu korgan voqeangizdan qanday xulosa chiqardingiz? deb soradi. Oquvchilardan biri: Ish rejangiz qanchalik tola bolsa ham, yangi ishlar uchun vaqt topish mumkin,deb javob berdi. Bu etiborsiz qoldirib bolmaydigan xulosa bolsa-da, oqituvchining bermoqchi bolgan asl ibrati boshqa edi. Agar katta tosh bolaklarini eng avval guldonga solib qoymasangiz, keyin aslo ularni u yoqqa joylashtira olmaysiz.
 Hayotingizdagi katta tosh parchalari qaysilar? Siz ularni hamma narsadan oldin bajaryapsizmi? Yoki guldonni suv va qum bilan toldirib, katta toshlar tashqarida qolib ketyaptimi?Xulosa chiqarish va amal qilishni ozingizga qoldirdik.