Sayyoramizning eng badavlat kishisi nomi oaE~zgardi. SoaE~nggi bir necha yil davomida ushbu unvonni saqlab kelgan Bill Geyts oaE~z oaE~rnini meksikalik Karlos Slimga boaE~shatib berdi. Meksikada chiqadigan Sentido Comun nashri maaE?lumotlariga qaraganda, soaE~nggi uch oy ichida Karlos Slimga qarashli kompaniyalar daromadi keskin suraE?atda oshdi.
Xususan, America Movil aktsiyalari bahosi 27 foizga, Telefonos de Mexico qimmatli qogaE~ozlari narxi 34 foizga oshdi.

Bundan tashA-qari, Karlos Slimga tegishli Inbursa banki daromadlari 20 foizga oaE~sdi. IDEAL kompaniyasi aktsiyalari bahosi esa 28 foizgacha koaE~tarildi. Bularning barchasi ushbu kompaniyalar xoaE~jayini boaE~lgan Karlos Slimning daromadlarini koaE~paytirdi. Shu tariqa meksikalik milliarderning boyligi 67,8 milliard dollarga yetdi va u 59,2 milliard dollarga egalik qilayotgan Bill Geytsni ortda qoldirdi.

Karlos Slim 1900-yillar boshida Meksikaga koaE~chib kelgan livanlik ishbilarmonning oaE~gaE~li. Uning bolalik davri milliarderlarga xos farovonlikda kechmadi. Yoshlik davri qiyinchiliklari esa uni butun umrini otasidan qolgan kamtargina merosni koaE~paytirishga undadi.

67 yoshli Karlos Slim  hayoti davomida oaE~z omadini turli sohalarda sinab koaE~rdi. Qimmatbaho qogaE~ozlar bozorida ham ishladi, koaE~chmas mulk savdosi bilan ham shugaE~ullandi. Biroq milliarderga katta omad va daromad keltirgan yoaE~nalish telekommunikatsiya sohasi boaE~ldi. Meksikada telekommunikatsiya tizimi endigina rivojlanib kelayotgan paytda ishbilarmon bu soha tez va koaE~p foyda olishning eng  yaxshi yoaE~li ekanini anglab yetdi va birin-ketin ushbu yoaE~nalishdagi kompaniyalarni sotib ola boshladi. 

Ayni paytda butun Meksikadagi uy va ofis telefonlarining 90 foizi, uyali aloqa tizimining esa 80 foizi Karlos Slimga qarashli kompaniyalar nazoratida. Milliarderning biznes faoliyati faqat Meksika bilan cheklanmaydi. Unga qarashli America Movil ayni paytA-da butun Lotin Amerikasida yetakchi telekommunikatsiya kompaniyasiga aylangan. Kompaniya hozirda 100 milliondan oshiq mijozga xizmat koaE~rsatmoqda.

Boyligi har oyda 3 milliard dollarga koaE~payayotgan Karlos Slim barcha badavlat kishilar kabi tinim bilmay, kechayu kunduz ishlaydi. U hukmron boaE~lgan kichik imperiya tarkibiga Grupo Carso savdo tashkiloti, Volaris aviatashuvchi kompaniyasi, Cigatam sigaret ishlab chiqarish korxonasi, MixUp musiqa magazinlari tarmogaE~i va Prodigy internet-provayderi ham kiradi.

Daromadlari soat saA-yin oshib borayotgan Karlos Slim qoaE~li ochiqligi bilan ham tanilgan. Masalan, yaqindagina u Meksika sogaE~liqni saqlash va taaE?lim tizimini rivojlantirish uchun 10 milliard dollar ajratdi.











