Dunyodagi barcha insonlarni tegishli o'lchovlarni hisobga olgan holda 100 kishiga qisqartirilsa, bu jamoa aholisi quyidagi ko'rinishda bo'lgan bo'lur edi:
57 osiyolik
21 yevropalik
14 amerikalik (shimoliy va janubiy)
8 afrikalik

ularning
52 nafari ayol
48 nafari erkak

70 tasi oq bo'lmagan tanli kishi
30 tasi oq tanli kishi

6 kishi dunyodagi ja'mi boylikning 59%iga egalik qiladi va ularning bari AQShlik kishilar boaE~ladi

80 kishida yetarli uy-joy sharoiti bo'lmaydi
70 kishi savodsiz
50 tasi to'yib ovqatlanmaydi
1 tasi o'ladi
2 tasi tug'adi
1 kishi kompyuterga ega
1 kishi oliy ma'lumotli bo'ladi.

Agar dunyoga shu nuqtai nazar bilan qaralsa, birdamlik, bir-birini tushunish, sabru qanoat va ma'lumotga katta ehtiyoj borligi ma'lum bo'ladi, bu haqda o'ylab ko'ring;

Agar tongda ikki muchangiz sog'-omon uyg'ongan esangiz, demak, siz ko'zini bundan buyon ocholmaydigan 1 million kishidan baxtiyorroqsiz.;

Agar boshingizga urush olovi, turmadagi yolg'izlik azobi, qiynoq va ochlik talvasasi tushmagan bo'lsa, demak siz bu dunyodagi 500 million odamdan ba'tiyorroqsiz;

Agar siz ibodat qilishga hayiqmay borayotgan, hibsga olinish yoki o'lim sharpasini sezmayotgan ekansiz, demak, dunyodagi 3 milliard odamdan baxtliroqsiz;

Agar muzlatgichingizda yeyishga ovqatingiz, kiyishga kiyimingiz va yotishga yotog'ingiz bo'lsa, demak, dunyodagi 5% kishidan boyroqdirsiz;

Agar bankda hisobingiz, cho'ntakda pulingiz va ozroq jamg'rmangiz bo'lsa, demak, bu dunyodagi badavlat 8 % odamlar toifasiga kirasiz;

Agar siz ushbu matnni o'qiyotgan bo'lsangiz, demak, yana ikki karra baxti kulgan insonlardan biri ekansiz, negaki
1)    kimdir siz haqingzida o'ylaydi
2)    siz dunyodagi o'qishni bilmaydigan 2 milliard odam sirasiga kirmaysiz va
3)    sizning kompyuteringiz bor!

Kimdir qachonlardir shunday degan ekan:

-    xuddi pul kerak emasday ishla
-    hech kim senga hech qachon ozor bermaydiganday sevishda davom et
-    hech kim ko'rmayotgan kabi raqsga tush
-    hech kimsa eshitmayotganiday qo'shiq ayt
-    yashayotganing zaminni xuddi jannat bilib yashashda davom et!

A'zam Obidov tayyorladi.











