Amerikaning Forbes iqtisodiy jurnali Amerika qo'shma shtatlarining eng boy 400 ta milliarderi ro'yxatini e'lon qildi (17.09.2008). Bu ro'yxatni ko'p yillardan beri Microsoft korporatsiyasi tashkilotchisi 52 yoshli Bill Geyts boshqarib bormoqda. Uning mablag'i 57 milliard $ deya baholanmoqda.
O'tgan yildagidek, bu yil ham ikkinchi o'rinni Berkshire Hathaway investitsiya kompaniyasi rahbari 78 yoshli Uorren Baffet band etgan. Uning mablag'i 50 mlrd. $ ni tashkil etgan.

Oracle Corporationning 64 yoshli rahbari Lorens Ellison esa 27 milliard $ mablag'i bilan 3-o'rinda turibdi.

Amerikaning 400 ta millarderlari ro'yxatida 42 nafar ayol-milliarderlar mavjud. Ro'yxatdan taniqli teleboshlovchi ayol Opra Uinfri ham 2,7 mlrd $ mablag'i bilan o'rin egallagan. Forbes ro'yxatiga kirgan milliarder xonimlarning o'rtacha mablag'i 4,2 mlrd. $ ni tashkil etadi.

Forbes jurnaliga ko'ra, ushbu ro'yxatga tushish uchun, milliarder kamida 1,3 mlrd $ mablag'ga ega bo'lishi kerak.

Tadqiqotlarga ko'ra, AQShning eng boylari ro'yxatiga kirganlarning atigi 19 %i meros evaziga boyigan bo'lsa, qolgan 81 % milliaderlar katta mablag'ni o'zlari ishlab topganlar.