Forbes jurnaliga ko'ra, dunyodagi eng yosh milliarder Livanning o'tgan yili o'ldirib ketilgan sobiq bosh vaziri Rafiq Haririyning 22 yoshli qizi Hind Haririydir ($1,4 milliard). Ex bosh vazirning yana ikki farzandi ham ushbu ro'yxatdan o'rin olgan.

562-o'rin
Hind Haririy

Yoshi: 22
Boyligi: meros
Manba: Meros
Mablag'i: 1.4 milliard dollar
Fuqaroligi: Livan
Yashash joyi: Bayrut, Livan
Sanoat sohasi: K'‘p qirrali
Oilaviy ahvoli: turmushga chiqmagan 

410-o'rin
Albert von Turn and Taksis

Yoshi: 22
Boyligi: meros
Manba: Turli xil
Mablag'i: 1.9 milliard dollar
Fuqaroligi: Germaniya
Yashash joyi: Regensburg, Germaniya
Sanoat sohasi: Ko'p qirrali
Oilaviy ahvoli: uylanmagan 

558-o'rin
Fahd Haririy

Yoshi: 25
Boyligi: meros
Manba: Meros
Mablag'i: 2.7 milliard dollar
Fuqaroligi: Livan
Yashash joyi: Parij, Frantsiya
Sanoat sohasi: Ko'p qirrali
Oilaviy ahvoli: uylanmagan 

558-o'rin
Ayman Haririy

Yoshi: 27
Boyligi: meros
Manba: Meros
Mablag'i: 2.7 milliard dollar
Fuqaroligi: Saudiya Arabistoni
Yashash joyi: Riyod, Saudiya Arabistoni
Sanoat sohasi: Texnologiya
Oilaviy ahvoli: oilali, 1 nafar farzandi bor.
Oliy ta'lim: Jorjtaun universiteti bakalavri 

26-o'rin
Sergey Brin

Yoshi: 32
Boyligi: o'zi ishlab topgan
Manba: Google
Mablag'i: 12.9 milliard dollar
Fuqaroligi: Amerika qo'shma shtatlari
Yashash joyi: San-Frantsisko, Kaliforniya, AQSh
Sanoat sohasi: Texnologiya
Oilaviy ahvoli: uylanmagan
Oliy ta'lim: Merilend universiteti bakalavri, Stenford Universiteti magistri 

27-o'rin
Larri Peyj

Yoshi: 33
Boyligi: o'zi ishlab topgan
Manba: Google
Mablag'i: 12.8 milliard dollar
Fuqaroligi: Amerika qo'shma shtatlari
Yashash joyi: San-Frantsisko, Kaliforniya, AQSh
Sanoat sohasi: Texnologiya
Oilaviy ahvoli: uylanmagan
Oliy ta'lim: Michigan universiteti bakalavri, Stenford Universiteti magistri 

207-o'rin
Anurag Dikshit

Yoshi: 34
Boyligi: o'zi ishlab topgan
Manba: online ko'ngilochar o'yinlar
Mablag'i: 3.3 milliard dollar
Fuqaroligi: Hindiston
Yashash joyi: Gibraltar
Sanoat sohasi: Ko'ngilochar o'yinlar
Oilaviy ahvoli: oilali, 1 nafar farzandi bor 

258-o'rin
Sergey Popov

Yoshi: 34
Boyligi: o'zi ishlab topgan
Manba: Bank, enengiya
Mablag'i: 2.7 milliard dollar
Fuqaroligi: Rossiya
Yashash joyi: Moskva, Rossiya
Sanoat sohasi: Ko'p qirrali
Oilaviy ahvoli: uylangan, farzandi yo'q
Oliy ta'lim: Ural politexnika instituti bakalavri 

258-o'rin
Enriki Konstantino

Yoshi: 34
Boyligi: ma'lum emas
Manba: GOL airlines
Mablag‘i: 1.1 milliard dollar
Fuqaroligi: Braziliya
Yashash joyi: Braziliya
Sanoat sohasi: Transport
Oilaviy ahvoli: uylanmagan