Rossiyalik milliarderlar safi ham kengayib bormoqda. 2005 yilda ularning soni 27 tani tashkil etgan bo'lsa, hozirga kelib 33 ta milliarder Forbes royxatiga kiritilgan (taqqoslash uchun: 2000 yil Forbes reytingida bironta ham rossiyalik yo'q edi). Moskva shahri esa milliarderlar eng ko'p yashaydigan shaharlardan biri bo'lib qoldi.
2005 yilda Forbes reytingiga 3 nafar Qozog'iston va 3 nafar Ukraina vakillari kiritilgan edi. Bu yil esa qo'shni yurt milliarderlari safi bittaga qisqargan.  Qozog'istonda ayni paytda 4 ta milliarder istiqomat qilmoqda (ulardan ikkitasi chet ellik). O'tgan yilgi ro'yxatda qozog'istonlik boylar orasida yetakchilikni qo'lga olgan Patok Chodiev bu yil Belgiya fuqarosi sifatida qatnashdi. 2005 yilgi 2-o'rin cohibi Alijon Ibragimovning kapitali 1 milliard dollarga ko'paygan.