
  JODAN-UKE - bosh qismni qo'l va oyoq bilan berilgan zarbalardan himoya qilishga mo'ljallangan blokdir. Bu karatening 4 ta asosiy bloklardan biridir. U bloklovchi qo'lning mustahkamligi va davomiyligi uning sekin harakatlantirgani uchun qo'llanilmaydi.
  Blokni amalga oshirishni 3 etapda bo'lish mumkin:
  1.Himoyalovchi qo'l yuqoridan pastga bo'yiga tushib keladi.
  2.Bu etapda himoyalovchi qo'l boshqasi bilan kesishadi.
  3.Himoyalovchi qo'l keskin holatda yuqoriga ko'tariladi va 45-darajada oldinga zarba beradi.

   GEDAN-BARAY - tana va chovga oyoq bilan beriladigan zarbalarni oldini olish uchun mo'ljallangan himoya vositasi hisoblanadi. Bu karatening 4 ta asosiy himoyasidan 2-sidir. U har qanday joylashuvdan amalga oshirilishi mumkin.

  SOTO-UKE - karatening asosiy himoya uslublaridan hisoblanadi. Kiokushinda himoyalovchi qo'l o'z harakatini, boshning chakka qismidan boshlaydi, yon tarafdan yelka osti bilan 90 daraja burchak ostida to'g'irlanib, tana oldida kamonsimon harakatni amalga oshiradi. Oxirgi pallada himoyalovchi qo'lning mushti iyak darajasida turadi. Yelkaning ichki tomoni esa himoyalovchi hisoblanadi.

  UCHI-UKE - himoyalovchi qo'l o'z harakatini yelka ostidan boshlaydi, ikkinchisi esa oldinga markaziy chiziq bo'ylab cho'zilib ketadi. Ikkala qo'llar musht qilinadi. Tana ro'parasida kamon shaklini ko'rsatib, yelka ostining tashqari qismi, gavda doirasidan tashqarida qo'l bilan to'satdan berilgan zarbalarni ortiga qaytaradi. Himoya usuli qo'lning qayrilishi bilan tugatiladi.

  MOROTE-UCHI-UKE - himoyalovchi qo'l, UCHI-UKEda qanday harakat qilgan bo'lsa, xuddi o'sha harakatlarni qaytaradi. Biroq, bu gal musht qilingan boshqa qo'l yordamida zarba yanada og'irlashadi. Bu usul oyoq bilan berilgan og'ir zarbalarni qaytarishga va ikki qo'l bilan ko'krak qafasini siqib olinishini oldini olish uchun qo'llaniladi.

  SHOTEY-JODAN-UKE - yumshoq himoya usuli hisoblanadi. Kaft (shotey) himoyalovchi qism hisoblanadi. Boshga berilgan zarbalarni qaytarish uchun mo'ljallangan.

  SHOTEY-CHUDAN-UKE - bu ham yumshoq himoya usuli hisoblanib, ko'krak qafasiga yo'naltirilgan zarbalarni qaytarish uchun mo'ljallangan. Uni qo'llash juda ham oson va yengil bo'ladi. Bu himoya usuli tananing himoya qilishni eng yaxshi usuli hisoblanadi.

  SHOTEY-GEDAN-UKE - bu himoya usuli tana tomonga qo'l bilan berilgan past zarbalarni va oyoq zarbalarini qaytarishda ishlatiladi. Ko'pchilik yumshoq himoya usullari singari bu ham erkin jangda juda ham samaralidir. 

  SHUTO-JODAN-UKE - bu himoya usuli ham JODAN-UKE kabi qo'llaniladi, ammo bu holatda kaftlar musht qilib emas ochilib turadi. Haqiqiy jangda bir qancha o'zgartirilgan holatda qo'llaniladi.

  SHUTO-UCHI-UKE - bu himoya usuli ham UCHI-UKE kabi qo'llaniladi, ammo bu holatda kaftlar ochilib turadi. Bu usul chudanda bajarilib asosiy texnika hisoblanadi. Erkin amaliyotda uning qo'llanilishi oson emas.

  SHUTO-SOKO-UKE - bu ko'krak qafasiga beriladigan zarbani oldini olishda qo'llaniladigan himoya usulidir. U SOTO-UKE kabi qo'llaniladi, ammo bu holatda qo'llar musht emas, ochiq bo'ladi. Kaftning qovurg'a tarafi himoyalovchi qism hisoblanadi. 