   "KIOKUSHINKAY"ning o'zi nima?

  KIOKU-birinchi (dastlabki, asosiy).
  SHIN-haqiqat yoki ro'yo.
  KAY-uchrashmoq, qo'shilmoq, birga bo'lmoq.
  KIOKUSHINKAY karatening belgisi KANKU-o'zining qadimgi ildizlari bilan KANKU katasiga borib taqaladi. Bu holatda, qo'llar osmonga kuzatuvchan holda ko'tariladi va shu holatda uning belgilari namoyon bo'ladi.
  KANKU-nuqtalari barmoqlarning uchlarini bildirib turadi. Kaftning keng tomonlari kuchni bildirib turadi. Markazi esa tubni bildirib, cheksizlikni ko'rsatib turadi.
  KANKU-bu yopiq doira bo'lib, davomiylik va doira shaklining harakatini bildiradi.


     KIOKUSHINKAY tarixi.

  Kiokushin karatening asoschisi Masutatsu Oyama janubi-g'arbiy Koreyada 1923-yilda tavallud topgan. 9 yoshida Xitoy jang san'atining  "kempo" turi bilan shug'ullana boshlab, 2 yildan so'ng 1-DAN sohibi bo'lishga erishdi. M.Oyama mashg'ulotlar bilan muntazam shug'ullanar, shuning uchun ham 22 yoshida 4-DAN sohibiga aylandi. U muvaffaqiyatga erishish uchun, o'z hayotini butkul o'zgartirishga qaror qiladi. 1948-yili M.Oyama Chiba hududidagi Kiyosuma tog'iga jo'nab ketadi va u yerda 18 oy davomida mustaqil mashq qila boshlaydi.
  Qaytib kelgandan so'ng M.Oyama buqalar bilan jang qilib ulardan 3 tasini 1 zarba berib o'ldiradi, 48-sini esa shohini sindirib tashlaydi. 11 oy davomida u 32 ta muvaffaqiyatli chiqish qilib, 7 marotaba turli xil jangchi va bokschilar bilan jang qilib g'olib keladi.
  M.Oyama DOJO turiga 1956-yilda asos soladi, shundan so'ng KIOKUSHINKAY karate turiga asos soladi.
  1957-yilda M.Oyamaning  "Karate-bu o'zi nima" nomli kitobi chop etildi, u yapon karatesi haqida nashr etilgan eng shov-shuvli kitob bo'ldi.
  1989-yil SSSR elchixonasida yirik namoyish bo'lib o'tib, unda KANCHO shishalarni urib sindirish usulini ko'rsatib beradi, undan keyin esa bu usulni xali birorta ham odam amalga oshira olmagan.
  "Kiokushinkay karate-do" sport turining asoschisi 10-DAN sohibi Masutatsu Oyama 1994-yilda vafot etdi.

