  SEYKEN-CHUDAN-SKI - zarbasi bu Kiokushan karateni o'rganishda qo'yiladigan birinchi qadamdir. Turgan qo'l ortiga qaytib, zarba beradigan qo'l esa, oldinga intiladi. Bu zarba tezkor mag'lubiyatga uchratuvchi va kuchli zarba hisoblanadi.

  TETSUY-OROSHI-GANMEN-UCHI - bu zarba raqibning yuz qismiga jarohat yetkazish uchun mo'ljallangan. Bu zarba xuddi bolg'aga o'xshab uriladi, shuning uchun uni  "bolg'a zarbasi" deb atashadi.

  TETSUY-YOKO-UCHI-GEDAN - raqibning gavda qismiga zarba berish uchun mo'ljallangan. Uni eng yaxshisi boshga berilgan zarbani oldini olgandan so'ng, oldinga intilgan qo'l bilan zarba berib qo'llagan ma'qul. Eng muhimi zarba berayotgan qo'l, boshqa qo'lning ustida bo'lib zarbaning dastlabki nuqtasida turishi kerak.

  SHUTO-SAKOTSU-UCHI - zarba berayotgan qo'lning boshlang'ich harakati, SOTO-UKEda bo'lgani kabi turadi, ammo bu holatda kaftlar ochiq turadi. Zarba markaziy chiziqda tepadan pastga, kamonsimon harakatni amalga oshiruvchi qo'lning qovurg'asi bilan amalga oshiriladi. Zarba umrov suyagiga jarohat yetkazish uchun mo'ljallangan.

  SHUTO-GANMEN-UCHI - bu harakat ham xuddi SHUTO-SAKOTSU-UCHI kabi bajariladi. Qo'l bosh qismdan, yelkalar bilan qarama-qarshi bir burchakni hosil qilgunga qadar cho'ziladi. Zarba chog'ida kaft keskin holda bukiladi. Bu zarba raqibning chakka qismiga jarohat yetkazish uchun mo'ljallangan.

  SHUTO-UCHIKOMI - bu zarba umrov suyagiga jarohat yetkazish uchun mo'ljallangan. Bu turtib beriladigan zarba bo'lib, ro'paradan to'g'ridan-to'g'ri beriladi.

  Yuqoridagi zarbalardan tashqari, Kiokushinkayda qo'l bilan beriladigan zarbalardan JUN-SKI, TETSUN-KOMI-KAMI-UCHI, TETSUN-XIZO-UCHI, SHOTEY-JODAN-UCHI, SHOTEY-CHUDAN-UCHI, SHOTEY-GEDAN-UCHI, SHITA-SKI, MAVASHI-SKI, NIXON-NIKUTE, SEKAN-JODAN-SKI, JODAN-XIRAKEN-UCHI, ATAMA-SKI (bosh bilan), JODAN-XIJE-ATE (tirsak bilan) zarbalari ham mavjud.