  XIDZA-GERI - bu zarba tizzalar yordamida tanaga, bel yoki bosh qismga beriladi. U to'g'ridan-to'g'ri berilishi (MAYE-XIDZA-GERI) yoki yonboshdan (MAVASHI-XIDZA-GERI) berilishi mumkin. Bu zarba jang chog'ida uncha katta bo'lmagan masofada beriladi.

  KIN-GERI - zarba oyoqning ustki qismi bilan berilib, raqibning gavda qismiga jarohat yetkazishi uchun qo'llaniladi. KIN-GERI bu tez va kuchli tepki zarbasidir.

  MAYE-GERI -tovonning yumshoq qismi bilan beriladigan judayam kuchli zarbadir. Uni chudan va jodanda ham bajarish mumkin.

  MAVASHI-GERI - Kiokushinkayda ko'pincha oyoq bilan beriladigan zarbalardan biridir. U jodan, chudan va gedanda tezlik va kuchni o'z ichiga olgan holda bajarilishi mumkin. Bu zarba tizzaning chetga o'tib, oyoqning kamonsimon shaklda, tosning esa oldinga chiqqan holatida kuchli bo'lishi mumkin. 

  YOKO-GERI - bu oyoq bilan yon tarafdan berilgan zarbadir. Bu zarbani tana yoki bosh qismga berish mumkin. Zarba oyoqning yon qismi bilan beriladi. Eng muhimi to'g'irlanish chog'ida, oyoqning kamonsimon shaklga kelmasligi, aksincha o'zidan chetlashtiruvchi harakatlarni qilmog'i lozim. Bu judayam murakkab zarba va undan erkin jangda muvaffaqiyatli foydalanish uchun amaliyot zarurdir.

  USHIRO-GERI - bu zarbaning o'ziga hos xususiyati shuki, u tananing tiralib turgan oyoq atrofida 180 darajada aylanishidir. Tiralib turgan oyoqning qayrilganidan so'ng, tana qayrilib zarba berayotgan oyoq yon tomonga ko'tariladi. Shundan so'ng oyoq to'g'irlanib, tos oldinga siljiydi. Zarba oyoq uchida chudan yoki jodandan beriladi (oshqozon va bosh qismga).

  KANSETSU-GERI - bu zarba ham YOKO-GERI zarbasiga o'xshaydi. Faqat bu zarba raqibning tizza qismining ustiga beriladi.