...::: MAKTABIM :::...

( 8-G) Bizning maktabni qayerda joylashganini bilib oldingiz menimcha. Endi men shu maktab haqida gapirsam to'g'rirog'i yozsam. Maktabimiz 2007-yillarimi balkim 2008-yili yangi qad roslagandir. Maktab ikki qavatdan iborat bo'lib sinf xonalari 30 ga yaqin desam aldamayman. Maktabda sport zali ham mavjud bo'lib hamma sport jihozlari bilan ta'millangan. Yana meni quvontiradigan tomoni maktabimiz Informatika sinf xonasida zamonaviy kompyuterlarning mavjudligi ularning soni 15 ta bo'lib ular ustida bemalol ishlasa bo'ladi desam tag'in siz ularning ustiga chiqib olib ishlashini tushinmang, men boshqa narsani nazarda tutayabman. Yana nima deyish mumkun, maktabimizda har hafta boshi dushanba kuni maktab oldida o'quvchilar uchun yig'ilish ya'ni (leleyka) bo'lib o'tadi. Unda yangi haftada maktabimizda qanday o'zgarishlar bo'ldi shular ustida gap boradi va hamma darsga... Maktabimaizda yana harxil musobaqalar, tadbirlar bo'lib turadi. Bu yili ham maktabimizga davlat tomonidan mablag' ajratilib yana qayta (remont) qilinmoqda. Endi navbat navbatdagi mavzuga olg'a..... 