PARDA

Boqsam.
Derazamdan boynimni chozib,
Bu fusunkorlikning yoqdek poyoni.
Darpardalarni shart tashladim uzib,
Boricha koray deb gozal dunyoni.
Barchasi chi ppakka chiqa boshladi,
Pardasiz deraza va bom-bosh borliq.
Hamma yoqqa bir-bir nigoh tashladim,
Qani, avvalgiday mastliq, xummorliq.
Qani, avvalgiday parda ortidan,
Oy chiqdimi, deya qiziqsinishlar?
Xonamga tushgan nur haroratidan
Ziyoxor qalamim urishi nishlar.
Nazar solib parda chetidan goyo,
Ishonardim bunday fusunga qatiy.
Oshanda mojiza koringan dunyo,
Endi korinardi judayam oddiy.
Qayta parda tutib tashlarkanman koz,
Bu borliq korindi sehrli, korkam.
Angladim.
Har qanday gozallik ham, dost,
Parda-tosiq bilan chiroyli ekan.
