QISHLOQ

Ignalangan koksimni
Chokidan bir-bir sokdim.
Yuragimni hovuchlab,
Siqib-siqib sher tokdim.
Oy oy e mas men uchun,
Ozgacharoq atayman.
Yulduzning ismi boshqa,
Barin bir-bir aytay man.
Eshitaman qirlardan
Ozodlikning sasini.
Men his qilib turaman
Gullarning nafasini.
Zor davralarga kiring,
Men tog-u, yaylov yoqda.
Siz minbarda qichqiring,
Men kuylayman qishloqda.
Baland gaplar yoz, deysiz,
Qumdan qasr qurgum yoq.
Ortacharoq, shunchaki
Gapdon shoir bolgum yoq.
Aytilajak sozimni
Hali bashar anglagay.
Men qishloqdan hayqirsam,
Butun jahon tinglagay.
* * *
Azobi ham totli dard beribsan-a,
Halqumdagi jonday titrab chiqar soz.
Ilma-teshik qilib har gal koksimni,
Xanjar sugrilganday potrab chiqar soz.
Tonglar rangsiz, sassiz qolmaslik kerak,
Nechun beovozman, turibman sokin.
Yurakdan otilgan bitta soz bilan
Dunyoni titratib yuborish mumkin.
Dunyoni titratib yuborish mumkin!
