DORMON ILHOMI

Sukunatdan koylak bichib kiygan ruhim,
Bu boglarda aylandi, oh, sayroq qushga.
Kechagina kozim yetmay turmovmidim
Sheriyatning osmoniga tik boqishga.
Bugun konglim kozgusiga zimdan qarab,
Bobo Mashrab nigohini topgandayman.
Lablarimda qaynoq sozlar yonar guvrab,
Qaynoq quyosh manglayidan opgandayman.
Bu boglarda soz havosi, sher havosi,
Daraxti-yu maysasi ham bolakchadir.
Yaproqlari  necha shoir dil navosi,
Shuning uchun shakli yurak, yurakchadir.
Shoirlanib ketdim hali dovondayoq,
Konglim qushi biram sayroq, biyron biram.
Qaytdim toglardan ham bolib yuksakroq,
Dormon hadya qilgan katta dard bilan.
Adabiyot, darvozang och, qulfin ilmasdan,
Iz korindi sheriyat degan dovonda.
Garb va yoki sharq tomondan de mayman,
Bir shoir kelmoqda Mashrab tomondan.
