SHOIRA ZULFIYAXONIMNING
DORMONDAGI UY-MUZEYIDA

Ilhom malaklari darvozangizni
Keng ochdi va meni oldi qarshilab.
Siz paydo boldingiz goyoki birdan,
Duolar qildingiz boshimni silab.
Sergul hovlingizga kirganim zahot
Dimoqqa urildi bahor ifori.
Siz bosgan tuproqni koryapman nahot,
Hech armonsiz ketgum Namongon sari.
Hozir kuz bolsa-da va lekin nogoh,
O, ayni bahorga xayol obqochdi:
Deraza oldida bir tup oq orik,
Boshimdan yam-yashil sherlarni sochdi.
Endi fursatlardan ozib ketgum bor,
Ketyapman. Tabarruk nomingiz yoqlab.
Bu hovlida mangu yashaydi bahor,
Qayta kelaverar sizni soroqlab.
Jasur ruhinigizdan topgan jurat-la,
Xat yozdim nomiga abadiyatning.
Ustoz, hatlab qutlug ostonangizdan,
Eshigidan kirdim ADABIYOTning!
