ENG GOZAL SHER

Farahbaxsh tun. Soat salkam on ikki,
Yurakni oynatar har bir daqiqa.
Biram yozgim keldi oyna ortida
Shirin uxlayotgan qishloq haqida.
Mehrkash otamga oxshab ketasan,
Mehring yurakka naqsh etib solganman.
Qirlar yelkasida kotarib turar,
Toglaring boshiga chiqib olganman.
Onam qishloq, erka bolangman sening,
Senda osdim, senda ulgaydi dardim.
Asli ilhom yurti qayda desalar,
Toppa-togri seni aytardim.
Qaygurishlaringdan ketay aylanib,
Bedorsan, farzanding oylab betinim.
Bosgan qadamimdan xavotirlanib,
Yuragi guppilab urgan zaminim.
Kel, deb qolin chozib turgan daraxtlar,
Fasllar qoshigin qoyadi gullab.
Qushlarning suhbati sherimga kochar,
Sening har bir zarrang sherimga sabab.
Farahbaxsh tun. Soat salkam on ikki,
Yurakni oynatar har bir daqiqa.
Biram yozgim kelar oyna ortida
Shirin uxlayotgan qishloq haqida.
Chirildoqlar tunning sukutin buzar,
Soy ham ozodlikni kuylar berilib.
Kozimga javdirab turgan yulduzlar
Osmon korpasiga olar berkinib.
Kozni qamashtirib tong kelar mana,
Oqish, harir koylak kiygan hur malak.
Qandoq yozmay bolar bundoq fusunni,
Bir ashor otida qovrildi yurak
Bagrida dunyolar tuyular kengroq,
Umrimning har kuni sehrli otar.
Bolam, deb erkalab, asrovchi qishloq,
Onamdek xokisor, otamdek kamtar.
Bir ashor ishqida olib-tirildim,
Lazzatga aylandi tongda qiynogim.
Bilmas ozi haqda yozganligimni
Meni shoir qilib qoygan qishlogim!
