DUNYONING ISMI

Turibman tashlagan torini korib,
Tushmasman mudroqlik sur qarmogiga.
Oyinqaroqlikni bir chetga surib,
Shartta qadam qoydim sher soqmogiga.
Bolsin deb sozimda haqiqat tami,
Haq tutgan qalamni oldim qolimga.
O, bedard yuragim, tushunyapsanmi?
Vatan, xalq koz tikib turar yolimga.
Sharpasi sezildi ortimda birdan,
Hozir meni toxtatmoqchidek goyo.
Kozimni berkitib kaftlari bilan,
Kimligimni top, deb tirmashar dunyo.
Men uning kimligin yaxshi bilaman
Va etaveraman yolimda davom...
